Breaking News

Jurnalistlar favqulodda himoyaga muhtoj


Erkinlik talab qilayotgan Venesuela jurnalisti

Tazyiq va zo'ravonlik tahdidi ostidagi jurnalistlarga xorijiy davlatlar favqulodda vizalar berib, ularni quvvatlashi lozim. Britaniya va Kanadada huquqshunoslar yuritadigan tashkilotlar shu tashabbusni olg'a surib, hukumatlarga murojaat qilmoqda.

Meksika jurnalistlar uchun eng xatarli jamiyatlardan biri. 2020-yilda u yerda sakkiz muxbir o'ldirilgan.

"Eshikdan chiqar ekanman, hayotim qil ustida ekanini sezib turaman. Material o'limga yetaklashi mumkin", - deydi Fransisko Robles, foto-muxbir.

Pokistonda 1992-yildan beri kamida 61 jurnalist halok bo'lgan. Barchasi faoliyati davomida va faoliyati uchun nishonga olingan. Himoya va adliya tizimi zaif ishonchsiz.

BMT shafeligida Britaniya va Kanada yuristlari mana shu muammoga qarshi kurashmoqda. Ommaviy axborot vositalari a'zolari manfaati uchun qator takliflar bilan chiqishgan.

"Ko'plab hollarda jurnalistning hayotini saqlab qolish uchun uni vaqtincha bo'lsa ham chet elga chiqarib yuborish kerak. Aks holda uni o'ldirishadi. Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, zudlikda chora ko'rilmasa, muxbir o'g'irlanishi, bedarak ketishi, noqonuniy ravishda hibsda saqlanishi, qiynoqqa solinishi yoki qatl etilishi mumkin", - deydi huquqshunos Jan Yeginsu, bu borada kitob yozgan ekspert.

Boshqa davlatga ko'chish albatta oson emas. Viza olish aksariyat hollarda amri mahol, qolaversa qimmat jarayon. Siyosiy boshpana so'rashga qaror qilganlar ham qator mavhumliklar bilan yuzlashadi. Vatanga qaytib kelishni xohlaganlar odatda bu yo'ldan bormaydi.

“Jurnalistlarni favqullodda himoya qiluvchi sistema mavjud emas", - deydi Yengisu.

Ayrimlar qochishga harakat qiladi, bu esa yanayam xatarli chora.

"Qo'shni davlatga chiqib ketishadi, masalan. Chegarada ushlansa, jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu bilan uning ahvoli yanayam og'irlashadi", - deydi Elizabet Vitchel, jurnalistlar himoyachisi.

Siyosiy chora zarur, deydi u.

"2000-yillarda AQSh bu mamlakatdagi tashkilotlar bilan ishlagan jurnalistlarga yordam qo'lini cho'zar edi. Viza berar edi, himoya qilar edi, juda bo'lmaganda vaqtincha", - deya eslaydi Vitchel.

Matbuot erkinligini targ'ib qiluvchi davlatlar jurnalistlar manfaatlarini ko'zlab, maxsus dasturlarga homiylik qilib, boshqa hukumatlarga o'rnak bo'lishi kerak, deydi bu faollar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG