Breaking News

Afg'onistondagi ikki xurujda to'qqiz jurnalist o'lgan


Xurujlar sodir etilgan joy
Xurujlar sodir etilgan joy

Dushanba kuni Afg’oniston poytaxti Kobulda qo’shaloq xuruj sodir etilib, 25 odam o’lgan, 45 kishi yaralangan. Qurbonlar orasida to’qqizta, yaradorlar orasida esa beshta jurnalist bor.

Afg’on rasmiylariga ko’ra, mototsikl mingan xudkush bombachi o’zini Shash Darak mahallasida portlatgan. Bu hududda NATO idorasi, bir necha elchixona va Afg’on Milliy xavfsizlik boshqarmasi joylashgan. Qutqaruv guruhlari va muxbirlar xuruj sodir etilgan joyda to’planganida birinchi xurujdan chamasi 20 daqiqa o’tgach, jurnalist qiyofasidagi yana bir jangari badaniga biriktirilgan bombani harakatga keltirgan.

“Islomiy davlat” jangari to’dasi xuruj uning ishi ekanini ma’lum qildi.

Nobud bo’lgan to’qqiz jurnalistdan ikkisining ayol ekani aytilmoqda. Shulardan biri 28 yashar Maharram Durraniy yaqinda “Ozodlik” radiosiga ishga kirgan edi. “Ozodlik” yana ikki muxbirini yo’qotdi – Abadulla Xananzoy portlash paytida, Sabavun Kakar esa kasalxonada jon berdi.

“Ozodlik” radiosi rahbari Tomas Kent hamda “Amerika Ovozi” direktori Amanda Bennett xurujlarni qoralab, voqeaning Jahon matbuot erkinligi kuni arafasida sodir etilganidan afsus bildirdi.

Fransiyaning “Frans-Press” axborot agentligi bosh fotomuxbiri Shoh Maray ham halok bo’ldi. Qurbon bo’lgan boshqa jurnalistlarning mahalliy telestansiyalarda ishlagani aytiladi.

Dushanba kuni Afg’oniston janubida ham xuruj ro’y bergan. Qandahor viloyatida bomba o’rnatilgan mashina portlab, 11 bola nobud bo’lgan, 16 kishi, jumladan ruminiyalik besh askar yaralangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG