Breaking News

Uch yil... O'shdagi vahshiy jinoyatlar yuzasidan adolat qachon qaror topadi?


Inson huquqlari bo’yicha xalqaro “Human Rights Watch” tashkiloti berayotgan ma’lumotlarga ko’ra, O’shda 2010-yilning iyun oyida sodir etilgan qabih jinoyatlar yuzasidan adolat hamon qaror topmadi.

Qirg'indan uch yil o'tib, Osh/Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:37 0:00
Yuklab oling

Mahalliy organlar boshlagan tergov ishlari, qamashlar va sudlov na Qirg’iziston qonunlari va na xalqaro talablarga javob beradi, deya xulosa qilmoqda tashkilot. Bu nufuzli organ nazarida O’sh yuzasidan ochilgan barcha ishlar qayta ko’rib chiqilishi, ayniqsa, qiynoqqa solish hollariga jiddiy e’tibor qaratilishi kerak.

Qirg’iziston hukumati qanchalik va’da bermasin, uch yildirki, 2010-yilning iyun oyida ro’y bergan vahshiyliklar uchun javobgar insonlarni tutib, sud qilib va jazolab, adolatni ta’minlashga haqiqatdan ham bel bog’laganini isbotlay olmadi. Yuzlab insonlar qamalgani rost, ammo ularning aybdor ekani sudda to’liq isbotlanmagan, deya bildiradi jarayonni yaqindan kuzatayotgan “Human Rights Watch” tashkiloti.

Aybsiz hibsga olish, mahbuslarni qiynash, sud zallarida to’polon ko’tarish, advokatlarga bosim o’tkazish, hovlilarga bostirib kirib, o’zbeklarni do’pposlash va umuman, xunrezliklar yuzasidan aynan o’zbeklarni nishonga olish hollari kuzatildi. Fojiadan azob chekkanlar ham, uning ketidan qiynoqqa solinganlar ham, asosan, o’zbeklar, deya bayon qiladi huquq tashkiloti.

“Human Rights Watch”ning Qirg’izistondagi bosh mutaxassisi Mira Rittman vaziyatni sarhisob qilar ekan, tergovlar adolatsiz kechgani va kechayotgani tan olinishi kerak, deydi.

Hukumat uch yildan beri sudma-sud, hibsxonama-hibsxona sarson bo’lib yurgan o’zbeklar taqdiriga befarq bo’lolmaydi, deydi u. 2013-yilning mart oyida O’shda yana uch o’zbek hibsga olindi va Rossiyaga chiqib ketgan o’zbeklar ham tutilib, Qirg’izistonga ekstraditsiya qilinish xavfi bilan yuzlashmoqda. Bu hollarning birortasi qonunan olib borilayotgan harakat emas, deydi huquq himoyachisi.

2010-yilning 10-14-iyun kunlari orasida O’shda yuz bergan qonli voqealarda, “Human Rights Watch” hisobicha, 400 dan oshiq odam o’lgan, asosan, o’zbeklar. 2000 ga yaqin xonadon yer bilan yakson bo’lgan, aksariyati o’zbeklarning uylari. Qirg’inda qirg’izlar ham jabr ko’rgan, ammo asosiy qurbonlar o’zbeklar, deyiladi huquq tashkiloti tahlilnomasida. 2011-yilda mustaqil tergov olib borgan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti ham shunday xulosaga kelgan va adolatni ta’minlash uchun nima qilmoq zarurligi haqida Bishkekka tavsiyalar bergan edi.

Qirg’iziston hukumati minglab jinoiy ishlar ochilganini ro’kach qiladi. Lekin e’tibor o’zbeklar jabr ko’rgan hollarda emas. O’sh va Jalol-Obodda sudlanib, qamoqqa tashlanganlarning ko’pchiligi o’zbeklar.

Ayblanuvchilarga advokat bermaslik, berganida ham ularning vakolatini poymol etish, mahbuslarni advokatsiz so’roq qilish hollari keng tarqalgan.

“Human Rights Watch” olib borgan izlanishlar shundan dalolat beradiki, Qirg’iziston janubida mutasaddi organlar qiynoqlarni tekshirmagan va sudlar qiynoqlar asosida olingan iqrornomalarga qonuniy deb qaragan.

2011-yilning avgustida Usmonjon Xolmirzayev ismli o’zbek qamoqda jon bergach, bu holat tekshirilgan va to’rt politsiyachi hibsga olingan. Lekin oradan ikki yil o’tsa ham, ular hanuz sud qilingani yo’q.

Jalol-Obodda faoliyat yuritgan huquq himoyachisi Azimjon Asqarov ishi ham qonun qanchalik buzilganining yorqin namunasi, deya bildiradi “Human Rights Watch”.

O’zbeklarga qarshi jinoyatlar haqida ma’lumot to’plagan Asqarov qotillikka aloqadorlik, politsiyaga nisbatan hujumlarda ishtirok etganlik va jamoat tinchligini buzganlikda aybdor deb topilib, bir umrlik qamoq jazosiga hukm etilgan. Sudga guvohlik berganlar yolg’on gapirishga majbur bo’lganini tan olsa-da, bu ish qayta ko’rib chiqilmayapti. Asqarov qayta-qayta qiynoqqa solinganini aytadi.

Vaziyat nihoyatda og’ir, deydi Mira Rittman, hukumat yurt barqaror bo’lsin desa, janubdagi adolatsizliklarga ortiq ko’z yummasligi kerak.
  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi"ning yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for nearly 20 years on TV, radio and online. For the last year, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented over 800 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy and The National Interest. Imamova also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at the Uzbek state broadcaster in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG