Breaking News

Qirg'izistonda prezidentlikka da'vogarlar qancha ekanini bilasizmi?


O'sh, iyun, 2017
O'sh, iyun, 2017

Qirg’izistonda prezident lavozimiga nomzodlar ko’rsatish jarayoni davom etmoqda. Shu kungacha 32 nafar arbob poygada qatnashish istagida.

Saylov joriy yilning 15-oktabriga belgilangan bo’lib, nomzodlar 15-avgustga qadar qayd qilinadi.

Muhim siyosiy kampaniya mamlakat hayotiga qanday ta’sir ko’rsatmoqda?

Oliy mansab uchun bu galgi musobaqa oldingilaridan qanchalik boshqacha?

Mahalliy o’zbek ahli saylovoldi munozaralarida naqadar faol?

Bishkeklik qalamkash Abdumo’min Mamaraimov uzoq payt Markaziy saylov komissiyasi tarkibida faoliyat yuritgan. Saylovlar bilan bog’liq jarayonlarni diqqat bilan kuzatib boradi.

Suhbatdosh aytishicha, Bishkekda hozircha bo’lajak saylov bilan bog’liq biron jiddiy o’zgarishlar, siyosiy jarayonlar sezilmaydi.

“Ammo bu aldamchi vaziyat, deb hisoblayman. Saylovga yaqin vaziyat kuch olib ketishi ehtimol. Bunga nomzodlar orasidagi hozircha mavhum qolayotgan qarama-qarshiliklar hamda siyosiy partiyalar ichidagi ziddiyatlar sabab bo’lishi mumkin”, - deydi u.

Qirg'izistonda prezident saylovi yaqinlasharkan, nomzodlar talay
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:17:35 0:00

Bu galgi saylovoldi jarayonining o’zgachaliklari qatori u aksar nomzodlar siyosiy partiyalar tomonidan emas, balki o’z tashabbusi bilan ko’rsatilganini ta’kidlaydi.

“Bu hol, shuningdek, siyosiy partiyalarning ichidagi mashmashalar, Qirg’izistonda partiyaviy tizim inqirozga yuz tutganidan dalolat bermoqda. Hatto yirik partiyalarning yetakchilari, o’z firqasini chetlab o’tib, yakka holda nomzodini olg’a surgani diqqatga sazovor”, - deydi Abdumo’min Mamaraimov.

Uning fikricha, o’lkaning o’zbek aholisi siyosatdan birmuncha uzoq bo’lgan holda, odatda amaldagi hokimiyat nomzodlarini qo’llab kelgan. Bu o’rinda ko’plar fuqarolar kim bo’lsa ham, tinchlik, barqarorlikni ta’minlab bersa bo’ldi, degan fikrda.

Mamaraimov deydiki, bir paytlar o’zbek aholisining yetakchi arboblari, saylov sabab, hokimiyat bilan o’ziga hos siyosiy savdo yuritish harakatida bo’lgan. Va bu oxir-oqibat o’zbek jamiyatining hayoti va taqdiriga salbiy ta’sir ko’rsatgan.

“Hozirda bunday yetakchi arboblar deyarli qolmadi va bu, menimcha, bugungi vaziyatda yahshi ko’rsatgich. Chunki oldingi siyosiy savdoga endi o’rin yo’q. Endi har-bir nomzod yoki uning tarafdorlari o’zbek ahli bilan bevosita so’zlashishga, el ichiga kirib borishga majbur”, - deydi Mamaraimov.

O’shlik siyosatshunos Mahmudjon Qozoqboyev fikricha, nomzodlarning ko’pligi - demokratiya tamoyillari taraqqiyotining bir isboti.

“Mamlakat Bosh qomusiga ko’ra, qonunda ko’rsatilgan talablarga javob bera oladigan har-bir fuqaro o’z nomzodini qo’yishi mumkin. Taroziga solish - bu saylovchining ishi. Ayni paytda faqat to’rt nomzod ko’pchilikning ko’ziga tashlanayapti ”, - deydi u.

Suhbatdoshlar yangi, turli shubhalardan yiroq, ishchan arboblar davlat rahbariyatiga kelishini istaydi.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG