Breaking News

Amerikaning ta'lim borasida eng qoloq va eng ildam shaharlari


Vashingtonda asoslangan “WalletHub” moliyaviy tadqiqotlar markazi AQShdagi eng savodli va savodsiz odamlar yashaydigan shaharlar ro’yxatini e’lon qildi.

Eng savodli va savodsiz odamlar yashaydigan Amerika shaharlari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:24 0:00

​Aholisi eng savodli deb topilgan 10 shahar:

  1. Michigan shtati, Ann Arbor shahri
  2. AQSh poytaxti - Vashington
  3. Kaliforniya shtati, Silikon vodiysi
  4. Shimoliy Karolina shtati, Dyurem va Chepl Xill hududi
  5. Kaliforniya shtati, Okland shahri
  6. Viskonsin shtati, Medison shahri
  7. Massachusets shtati, Boston shahri
  8. Texas shtati poytaxti Ostin
  9. Vashington shtati, Sietl shahri
  10. Konnektikut shtati, Bridjbort hududi

Aholisi eng savodsiz 10 shahar:

  1. Florida shtati, Okala shahri
  2. Kaliforniya shtati, Fresno shahri
  3. Kaliforniya shtati, Stokton-Lodi shahri
  4. Kaliforniya shtati Salinas shahri
  5. Shimoliy Karolina shtati, Xikori shahri
  6. Kaliforniya shtati, Modesto
  7. Kaliforniya shtati, Beykersfild shahri
  8. Texas shtati, Makallen
  9. Texas shtati, Braunsvil shahri
  10. Kaliforniya shtati, Vizaliya-Portervil shahri

Amerikaning 150 metropolislari tahlilidan iborat ro’yxat 11 omilga asoslanib tuzilgan. Bunda o’rta va oliy ma’lumotlilar soni, mahalliy universitet va kollejlar sifati, erkak va ayollarning bilim darajasidagi farqlar hisobga olingan.

Daromad, deydi tadqiqotchilar, ma’lumot darajasiga bog’liq. Oliy ma’lumotlilar ko’proq ish haqi oladi va shunga yarasha ko’proq soliq to’laydi; o’qishga qilgan sarmoyasidan unumli foydalanishga harakat qiladi.

Ammo oliy ma’lumotli odamlar doim ham o’zi kabi o’qimishlilar qamrovida bo’lavermas ekan. Ba’zilar boshqalardan ustun bo’lish uchun kichik shaharlarda joylashib oladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG