Breaking News

Mirziyoyev, Rahmon: O'zbekiston va Tojikiston bir-birisiz yashay olmaydi


Dushanbe, 9-mart, 2018

Bugun O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy davlat safari boshlandi. Kunning ikkinchi yamida boshlangan uchrashuvlardan so’ng 27 hujjat imzolandi.

Ular orasida eng muhimlari, deydi sharhlovchilar, chegara hududlari borasidagi kelishuv va o’ttiz kungacha chegarani vizasiz kesib o’tib, erkin yurish imkoniyati.

Islom Karimov davrida ixtilofga sabab bo'lgan Rog’un GESi to’g’oni bilan bog'liq muammolar o’rtadan ko’tarilgan.

"Biz sizning mintaqada do’stona qo’shnichilik borasidagi yangi siyosatingizni yuksak baholaymiz", - dedi Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon keng doiradagi uchrashuvda.

"Siz o’zaro uchrashuvimizda ta’kidlab o’tkaningizdek, bu safarimiz o’tgan yigirma yil orasida O’zbekiston rahbariyatining ilk rasmiy davlat safari hisoblanadi. Biz o’z tomonimizdan sizning bu uchashuv va kelishuvlarga keng yo’l ochganingizdan minnatdormiz. Butun jahon hamjamiyati, biz ham sizning Tojikistonda tinchlikka erishish yo’lidagi natijali harakatlaringizni e’tirof etamiz", - dedi Shavkat Mirziyoev o’z navbatida.

Tojikistonliklar o'zbek-tojik aloqalari haqida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:17 0:00

Kelishuv va shartnomalar yaqin kelejakda savdo hajmining 500 million dollardan oshishiga imkon beradi.

Ikki davlat orasidagi munosabatlarning iliqlashuvi ortidan o’tgan qisqa bir yarim yil orasida o’zaro savdo-sotiq deyarli yigirma barobar ortgan.

Xo’janddan bir ziyoli fikricha, Tojikistonda endi oliy o’quv dargohlarida o’zbek tilida yangi fakultetlar ochilishiga umid qilsa bo’ladi, xuddi shunday o’zgarishlar O’zbekistonda ham kuzatiladi.

Ikki davlat rahbarlari uchrashgunicha oradagi chegara-otish nuqtalaridan o’nga yaqini rasman ochildi. Endi esa o’rtadagi barcha yo’llar qayta ochilishiga imkoiyat berilmoqda. Bu esa o’ttizdan ortiq yo’llarni o’z ichiga oladi.

Bugun ikki davlat liderlari O'zbekiston va Tojikiston o'rtasida ilgari yopilgan G'alaba-Amuzang temir yo'lining rasman tantanali ochilishoda ishtirok etishdi.

Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy davlat safaridan oldin Dushanbega Sherali Jo’raev, Yulduz Usmonova, Ozodbek Nazarbekov, Sevinch Mo’minova, Parizod kabi taniqli o’zbek sana’tkolari tashrif buyurib, tojik hamkasblari bilan katta badiiy tantanali qism tayyorladi. Ular poytaxtdagi Borbad madaniyat qasrida birga konsert beradi.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG