Breaking News

AQSh rus va ukrain separatistlariga sanksiya qo'ydi

  • Amerika Ovozi

Stiven Mnuchin, AQSh Moliya vaziri

AQSh Rossiyaning Qrimni bosib olishida qatnashgan rus va ukrain ayirmachilarini moliyaviy jihatdan nishonga olmoqda. Ularning Amerikadagi, amerikaliklar bilan hamkorlikdagi va Amerika nazorati ostida bo'lgan tizimlardagi biznes va mulklari sanksiya ostiga qo'yiladi.

"AQSh hukumati Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini quvvatlaydi", - deydi Stiven Mnuchin, Moliya vaziri.

Cheklovga uchrayotgan rasmiylar orasida Rossiya Energetika vaziri muovini Andrey Cherezov va Yevgeniya Grabchak bor. Ular bu borada Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga ham uchragan.

"Texnopromeksport" kompaniyasi rahbari Sergey Topor-Gilk ham sanksiya bilan yuzlashmoqda.

Donetsk
Donetsk

Donetsk va Lugansk xalq respublikalari deb e'lon qilingan hududlarda rasmiy lavozimda o'tirgan ukrain separatistlari, jumladan 11 ayirmachi ham cheklov ostida.

Qrimda biznes qilayotgan "Power Machines", "Surgutneftegaz" va "Doncoaltrade" singari kompaniyalar va ularning bo'limlari ham AQSh tomonidan jazolanmoqda.

Qrimda 2014-yildan beri Rossiya xo'jayin.AQSh Tijorat vazirligi Rossiyaning "Abtroniks" degan kompaniyasiga sanksiya qo'ygan. Uning bosh direktori Timofey Telegin Amerikaga kira olmaydi va uning bu davlatdagi mulki muzlatilgan.

Sanksiya qo'yilishi ko'zlangan odamlar ro'yxati Kongressga uzatilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG