Breaking News

Oliy sud Tramp qo'ygan taqiqni ko'rib chiqmoqda


Oliy sud, Vashington

AQSh Oliy sudi Prezident Donald Trampning immigratsion taqiqlarini ko'rib chiqmoqda. Oq uy Eron, Liviya, Shimoliy Koreya, Suriya, Venesuela, Somali va Yamandan Amerikaga hech kim kirmasin deya farmon chiqargan. Bundan norozi tomonlar Oliy Sudga arz qilgan.

Amaldagi taqiq qachongacha davom etishi noma'lum, chunki muddati cheklanmagan. Prezident Tramp nazarida AQSh xavfsizligini ta'minlash shunday keskin qarorlar talab qiladi.

Bu davlatlardan mamlakatga terrorchilar va boshqa xavfli shaxslar kirishi mumkin, deydi prezident. Lekin AQSh qonunlari odamlarni elati, fuqaroligi va diniga qarab kamsitishni man etadi. Oliy sud aynan shu masala yuzasidan arzni tinglaydi.

Arzchilar Gavayi shtati, bu shtatdagi Musulmonlar uyushmasi va uch fuqaro. Ularga ko'ra, Oq uy qarori (hozirgacha uch marta o'zgartirildi) bosh qomus va immigratsion qonunlarga zid.

Tramp ma'muriyati pozitsiyasi shuki, prezidentning bunday farmon berishga haqqi bor va xavotir asosli.

Vashingtonda Tramp siyosatiga qarshi namoyish
Vashingtonda Tramp siyosatiga qarshi namoyish

Tramp qaroriga mamlakat bo'ylab qarshilik kuchli. Muhojirlar namoyishda. Yamanlik va boshqa davlatlardan kelgan muhojir tadbirkorlar bizneslarini yopishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda. Ish tashlashlar kuzatilmoqda.

AQSh Adliya vaziri Jeff Seshens deydiki, bu - erkin mamlakat, lekin qonun va tartibni buzganlar jazolanadi.

Tramp farmoni bekor qilinishi uchun man etilgan davlatlarda vaziyat yaxshilanishi kerak. Masalan, deya bildiradi Oq uy, Chad o'tgan yili bu ro'yxatdan chiqarildi, chunki endilikda AQSh bilan xavfsizlik bobida yaqindan hamkorlik qilmoqda.

Tramp farmoni Oliy Sudda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:10 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG