Kamala Harris ko'p jihatdan birinchi

  • Amerika Ovozi

56 yoshli Kamala Harris Kaliforniya farzandi

Kamala Harris kelasi yilning yanvar oyida Amerikaning birinchi ayol va birinchi qora tanli vitse-prezidentiga aylanadi. AQShning ikkinchi eng qudratli odami bo'ladi. Uning onasi hind bo'lganini hisobga olsak, kelib chiqishi osiyolik amerikaliklar orasida ham hali hech kim bu darajaga ko'tarila olmagan.


Tarixga muhrlanayotgan damlar.

Buni ham ko'ring G'alaba nutqi: Jo Bayden AQShga azaliy qadriyatlarni eslatdi

"Men bu lavozimdagi birinchi ayoldirman, ammo oxirgisi emas", - deydi Kamala Harris.

Jo Bayden, oq tanli erkak, uni vitse-prezidentlikka tanlagani Amerika uchun kuchli ijtimoiy burilish.

Jamiyat bugungacha murakkab va mashaqqatli jarayonlarni boshdan kechirdi. Xotin-qizlar qattiq ter to'kdi.

Virjiniya universitetidan Barbara Perri:

"Ayollarimiz Oliy sudga tayinlandi. Kongressning Vakillar palatasida ayol spiker bo'ldi, Nensi Pelosi. Lekin ijroiya organida ayollar bu qadar yuqoriga chiqa olmagan edi. Hali ham prezidentlikka yetolmadi. Ammo hozirga kelib, vitse-prezidentlik uchun nafaqat ayol, balki qora tanli va muhojirlar farzandi bo'lgan insonni tanladik".

Buni ham ko'ring Bayden: koronavirusga qarshi kurash - asosiy vazifa

Kamala Harris AQShda dunyoga kelgan. Otasi Yamaykadan, onasi Hindistondan kelgan immigrantlar bo'lgan. Kamala o'zini qora tanli deya tanigan va shu ruhda katta bo'lgan.

"Bu ayol ko'p jihatdan namuna", - deydi Perri.

Kamala Harris Vashingtondagi Hauerd universitetini bitirgan. Qora tanlilarning eng ilg'or universiteti. 2004-yilda San-Fransisko prokurori, 2010-yilda esa Kaliforniya shtati prokurori lavozimini egallagan. Bu borada ham Harris ayol yurist sifatida birinchi bo'lgan.

Uning bu roldagi faoliyati qattiq tanqidga uchragan, chunki prokurorlik davrida ko'plab qora tanlilar sudlangan, qamalgan. Harris o'im jazosi va politsiya zulmi borasida yumshoqlikda ayblangan. Adolatga nisbatan aniq pozitsiyada emas, deya savolga tutilgan.

2016-yilda Senatga saylanganida u yerdagi birinchi va yagona qora tanli ayol bo'lgan.

Buni ham ko'ring AQShda vitse-prezident ilk bor ayol kishi bo'ladi

“Bular aytishga oson, erishish esa juda qiyin yutuqlar", - deydi Shannon Bou Obrayn, Texas universiteti olimi.

Kamala Harris oilasi haqida ko'p gapiradi. U esa katta emas. Bir singlisi bor. Turmush o'rtog'i Dag Emhoff ham yurist. Emhoffning birinchi oilasidan ikki farzandi bor. Amerika tarixida birinchi va ikkinchi xonimlar bo'lgan. Dag Emhoff ikkinchi janob, aslida esa bu rolda birinchi. Prezident vazifasini baraja olmagan taqdirda o'rniga vitse-prezident keladi.

“Kamala Harris dunyo bo'ylab va Ameriaka bo'ylab, omma bilan muloqotda bo'ladi. U haqiqatdan ham bugungi AQShning yuzi va asl vakili", - deydi tadqiqotchi deydi Barbara Perri.

Kamala Harris global shaxs, deydi tahlilchilar, sharq va g'arb qorishmasi.