Breaking News

Prezident Mirziyoyevning AQSh safari yakunlandi

O'zbekiston va AQSh orasida hamkorlikning yangi davri boshlanmoqda - yana bir sinov
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:31 0:00

O'zbekiston va AQSh orasida hamkorlikning yangi davri boshlanmoqda - yana bir sinov

O'zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev bugun ertalab AQSh Mudofaa vazirligiga tashrif buyurgan. Mirziyoyev Pentagonga ilk bor qadam ranjida qildi. AQSh Mudofaa vaziri Jim Mattis bilan muloqotda mushtarak manfaatlar va mintaqaviy masalalar muhokama qilingan. Tomonlar, deya tasdiqlamoqda Pentagon matbuot xizmati, Janubiy va Markaziy Osiyo, xususan Afg'oniston bobida yaqindan ishlashga kelishib olgan.

Vashington rasmiylari deydiki, shu paytgacha ham hamkorlik samara bergan, biroq endi uning ko'lami oshadi. Harbiy ko'mak, shuningdek, Afg'onistondagi xalqaro kuchlarga zarur yuk tashiladigan Shimoliy Ta'minot Tizimida O'zbekistonning roli yanada oshadi. Bu ma'lumotni O'zbekiston tomon ham tasdiqlamoqda. Aloqalar tarixi bilan tanish mutaxassislar esa bu katta sinov, deydi.

2009-yilda ishga tushirilgan shimoliy tizim o'tgan 3-4 yil mobaynida kichraygan edi. Asosiy sabab - xalqaro kuchlar sonining kamaygani. Biroq Tramp ma'muriyati AQSh qo'shinlariga Afg'onistonda tinchlikka erishish uchun nimaiki kerak bo'lsa yetkazishni xohlaydi. Harbiy yuk asosan Pokistondan keladi. Shimoliy yo'nalish esa noharbiy mahsulotlar bilan ta'minlaydi.

O'zbekiston va Pokiston shu jihatlari bilan ham o'ziga xos strategik ahamiyatga ega, deydi ekspertlar. Moliyaviy masalalar haqida og'iz ochilmaydi. Bugungi uchrashuvlar ham yopiq eshiklar ortida kechgan va jurnalistlarga juda oz axborot berilgan.

Prezident Mirziyoyev Pentagonda

Vashingtonga rasmiy safarning birinchi kunida Mirziyoyev Oq uyda Prezident Donald Tramp bilan uchrashdi. Ikki davlat strategik hamkorlikning yangi davrini boshlashga bel bog'lagan. Qo'shma bayonotda xavfsizlik sohasida sheriklikdan tortib Afg'onistonda tinchlikni ta'minlash, tub islohotlar olib borishdan tortib Amerika bilan ijtimoiy-madaniy aloqalarni kuchaytirish maqsadlari haqida gap ketadi.

Bugun Mirziyoyev Davlat departamentida yangi bosh diplomat Mayk Pompeo bilan uchrashdi. Bu tashrif ham O'zbekiston rahbari uchun birinchisi. Davlat kotibi bilan u strategik hamkorlikning yangi ko'rinishi qanday bo'lishi xususida gaplashgan.

AQSh O'zbekistonda islohotlar jadalllashishini istaydi va bu yo'lda yordam beradi, deydi diplomatlar. Toshkentdan kelgan delegatsiya vakillari Vashingtonda qayerda so'zlamasin, demokratik va qonun ustuvor tizim ustida ish ketmoqda, deya qayd etdi.

Mirziyoyev bugun vatanga qaytishi oldidan AQSh Kongressi a'zolari bilan ko'rishgan. Qonunchilar O'zbekiston bilan barcha maqsadlar yuzasidan hamkorlik uchun zarur mablag' ajratish, shuningdek, harbiy ko'mak taklifini ko'rib chiqishda asosiy rol o'ynaydi. Yil oxiriga borib, Kongress a'zolari yangilanadi. Noyabr oyida saylov.

O'zbekiston rahbari Jahon Bankiga ham borgan. Quyi foizda qarz berib, taraqqiyotga ko'maklashadigan bu organ respublikadagi faoliyatini kengaytirmoqda. Ayniqsa qishloq xo'jaligi yo'nalishida bank yuzlab million dollar ajratgani ma'lum. Prezident Mirziyoyev nazarida O'zbekistonning rivojlanishida Jahon Banki va Xalqaro Valyuta Fondining o'rni juda yuqori.

Shavkat Mirziyoyev Jahon Banki rahbari Jim Yong Kim bilan ko'rishdi
Shavkat Mirziyoyev Jahon Banki rahbari Jim Yong Kim bilan ko'rishdi

Mirziyoyev shu paytgacha Jahon Banki qarorgohida bo'lmagan edi. U tashkilot rahbari Jim Yon Kim bilan O'zbekistondagi islohotlar va bank bu borada qanday yordam ko'rsatishi mumkinligi haqida gaplashgan.

Tashrif chog'ida O'zbekistonga 940 million dollarlik kredit ajratish to'g'risida kelishuv imzolandi. Mablag' energetika, bog'dorchilik va sog'liqni saqlash bilan bog'liq loyihalarga sarflanadi. Tomonlar Jahon Banki va O'zbekiston o'rtasida yanada yaqinroq hamkorlik qilishga doir memorandumga ham qo'l qo'ydi.

Jim Yon Kim deydiki, O'zbekiston o'zining yuksak orzulariga yeta oladi.

Bank tizimlari respublikaga ekspertiza va moliyaviy ko'mak yetkazishni davom ettiradi, deydi u. O'tgan bir yil mobaynida ildam qadamlar tashlandi - valyuta bozori erkinlasha boshladi; savdo va investitsiya yo'lidagi to'siqlar olib tashlanmoqda; xususiy sektor uchun imkoniyatlar kengayib, eksport ko'lami oshmoqda.

Jahon Banki mana shu xulosasiga asoslanib, O'zbekiston to'g'ri yo'ldan ketmoqda, deya ta'kidlaydi.

"Qo'rqmay oldinga intilaverish kerak", - deya undamoqda Kim.

Bu hafta O'zbekiston va AQSh orasida qariyb 5 milliard dollarga teng biznes kelishuvlar imzolangan. Mirziyoyev buni olqishlar ekan, sarmoya oqimi kengayadi degan umid kuchli. Iqtisodiy muhitni yaxshilash uchun chora ko'rilayotganini ta'kidlab kelayotgan O'zbekiston hukumati Vashingtondan texnik madad oshishini ham xohlaydi. Uchrashuvlarda bu borada gap ketgan va Amerika tomonga ko'ra, O'zbekistonning turli vazirliklarining rahbarlari va mutaxassislari bilan muloqot boshlangan.

Prezident Mirziyoyevning Amerika safari

O'zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev samolyoti Qo'shma Shtatlarning Merilend shtatidagi Endryus harbiy havo bazasiga qo'ngan. 14-may, 2018-yil
1/42 O'zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev samolyoti Qo'shma Shtatlarning Merilend shtatidagi Endryus harbiy havo bazasiga qo'ngan. 14-may, 2018-yil
Oq uy. 16-may, 2018-yil
2/42 Oq uy. 16-may, 2018-yil
Oq uy. 16-may, 2018-yil
3/42 Oq uy. 16-may, 2018-yil
Oq uy. 16-may, 2018-yil
4/42 Oq uy. 16-may, 2018-yil
O&rsquo;zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi doirasida ikki mamlakat o&rsquo;rtasida ta&rsquo;lim sohasida ikkita anglashuv memorandumi imzolandi.<br />
<br />
O&rsquo;zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va AQSh Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo&rsquo;yicha idorasi vakili Alis Vels imzolagan birinchi hujjatga ko&rsquo;ra, AQSh universitetlari va Markaziy Osiyodagi oliy o&rsquo;quv yurtlari o&rsquo;rtasida uch yillik hamkorlik dasturi joriy etiladi. Dastur O&rsquo;zbekistondan turib boshqariladi. 17-may, 2018-yil
5/42 O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi doirasida ikki mamlakat o’rtasida ta’lim sohasida ikkita anglashuv memorandumi imzolandi.

O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va AQSh Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha idorasi vakili Alis Vels imzolagan birinchi hujjatga ko’ra, AQSh universitetlari va Markaziy Osiyodagi oliy o’quv yurtlari o’rtasida uch yillik hamkorlik dasturi joriy etiladi. Dastur O’zbekistondan turib boshqariladi. 17-may, 2018-yil
Pentagon. 17-may, 2018-yil
6/42 Pentagon. 17-may, 2018-yil
O&#39;zbekiston rahbari Pentagonda. 17-may, 2018-yil<br />
&nbsp;
7/42 O'zbekiston rahbari Pentagonda. 17-may, 2018-yil
 
Pentagon. 17-may, 2018-yil<br />
&nbsp;
8/42 Pentagon. 17-may, 2018-yil
 
Pentagon. 17-may, 2018-yil
9/42 Pentagon. 17-may, 2018-yil
Oq uy. 16-may, 2018-yil
10/42 Oq uy. 16-may, 2018-yil
Pentagonda. 17-may, 2018-yil
11/42 Pentagonda. 17-may, 2018-yil
Pentagonda. 17-may, 2018-yil
12/42 Pentagonda. 17-may, 2018-yil
Oq uy. 16-may, 2018-yil
13/42 Oq uy. 16-may, 2018-yil
Oq uy. 16-may, 2018-yil
14/42 Oq uy. 16-may, 2018-yil
Oq uy. 16-may, 2018-yil
15/42 Oq uy. 16-may, 2018-yil
Oq uy. 16-may, 2018-yil
16/42 Oq uy. 16-may, 2018-yil
Oq uy. 16-may, 2018-yil
17/42 Oq uy. 16-may, 2018-yil
Oq uy. 16-may, 2018-yil
18/42 Oq uy. 16-may, 2018-yil
Oq uy. 16-may, 2018-yil
19/42 Oq uy. 16-may, 2018-yil
Oq uy. 16-may, 2018-yil
20/42 Oq uy. 16-may, 2018-yil
Oq uy. 16-may, 2018-yil
21/42 Oq uy. 16-may, 2018-yil
Oq uy. 16-may, 2018-yil
22/42 Oq uy. 16-may, 2018-yil
Oq uy. 16-may, 2018-yil
23/42 Oq uy. 16-may, 2018-yil
Oq uy. 16-may, 2018-yil
24/42 Oq uy. 16-may, 2018-yil
O&#39;zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oq uyda. 16-may, 2018-yil
25/42 O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oq uyda. 16-may, 2018-yil
O&#39;zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oq uyda. 16-may, 2018-yil
26/42 O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oq uyda. 16-may, 2018-yil
Vashingtondagi Milliy Press Klubda O&#39;zbekistonda inson huquqlari va erkinlik xususida kechgan tadbir. O&#39;zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov. 15-may, 2018-yil
27/42 Vashingtondagi Milliy Press Klubda O'zbekistonda inson huquqlari va erkinlik xususida kechgan tadbir. O'zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov. 15-may, 2018-yil
Oq uy. 16-may, 2018-yil
28/42 Oq uy. 16-may, 2018-yil
Oq uy. 16-may, 2018-yil
29/42 Oq uy. 16-may, 2018-yil
Oq uy. 16-may, 2018-yil
30/42 Oq uy. 16-may, 2018-yil
O&rsquo;zbekistonlik tadbirkorlar va davlat kompaniyalari Amerika firmalari bilan 4,8 milliard dollarga teng shartnomalar imzolandi.&nbsp;
31/42 O’zbekistonlik tadbirkorlar va davlat kompaniyalari Amerika firmalari bilan 4,8 milliard dollarga teng shartnomalar imzolandi. 
O&rsquo;zbekistonlik tadbirkorlar va davlat kompaniyalari Amerika firmalari bilan&nbsp;4,8 milliard dollarga teng shartnomalar imzolandi.&nbsp;
32/42 O’zbekistonlik tadbirkorlar va davlat kompaniyalari Amerika firmalari bilan 4,8 milliard dollarga teng shartnomalar imzolandi. 
O&rsquo;zbekistonlik tadbirkorlar va davlat kompaniyalari Amerika firmalari bilan&nbsp;4,8 milliard dollarga teng shartnomalar imzolandi.&nbsp;
33/42 O’zbekistonlik tadbirkorlar va davlat kompaniyalari Amerika firmalari bilan 4,8 milliard dollarga teng shartnomalar imzolandi. 
Vashingtondagi Milliy Press Klubda O&#39;zbekistonda inson huquqlari va erkinlik xususida kechgan tadbir. 15-may, 2018-yil
34/42 Vashingtondagi Milliy Press Klubda O'zbekistonda inson huquqlari va erkinlik xususida kechgan tadbir. 15-may, 2018-yil
O&#39;zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev samolyoti Qo&#39;shma Shtatlarning Merilend shtatidagi Endryus harbiy havo bazasiga qo&#39;ngan. 14-may, 2018-yil
35/42 O'zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev samolyoti Qo'shma Shtatlarning Merilend shtatidagi Endryus harbiy havo bazasiga qo'ngan. 14-may, 2018-yil
O&#39;zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev samolyoti Qo&#39;shma Shtatlarning Merilend shtatidagi Endryus harbiy havo bazasiga qo&#39;ngan. 14-may, 2018-yil
36/42 O'zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev samolyoti Qo'shma Shtatlarning Merilend shtatidagi Endryus harbiy havo bazasiga qo'ngan. 14-may, 2018-yil
O&#39;zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev samolyoti Qo&#39;shma Shtatlarning Merilend shtatidagi Endryus harbiy havo bazasiga qo&#39;ngan. 14-may, 2018-yil
37/42 O'zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev samolyoti Qo'shma Shtatlarning Merilend shtatidagi Endryus harbiy havo bazasiga qo'ngan. 14-may, 2018-yil
Oq uy. 16-may, 2018-yil
38/42 Oq uy. 16-may, 2018-yil
Vashingtondagi Milliy Press Klubda O&#39;zbekistonda inson huquqlari va erkinlik xususida kechgan tadbir. 15-may, 2018-yil
39/42 Vashingtondagi Milliy Press Klubda O'zbekistonda inson huquqlari va erkinlik xususida kechgan tadbir. 15-may, 2018-yil
Vashingtondagi Milliy Press Klubda O&#39;zbekistonda inson huquqlari va erkinlik xususida kechgan tadbir. 15-may, 2018-yil
40/42 Vashingtondagi Milliy Press Klubda O'zbekistonda inson huquqlari va erkinlik xususida kechgan tadbir. 15-may, 2018-yil
Vashingtondagi Milliy Press Klubda O&#39;zbekistonda inson huquqlari va erkinlik xususida kechgan tadbir. 15-may, 2018-yil
41/42 Vashingtondagi Milliy Press Klubda O'zbekistonda inson huquqlari va erkinlik xususida kechgan tadbir. 15-may, 2018-yil
Vashingtondagi Milliy Press Klubda O&#39;zbekistonda inson huquqlari va erkinlik xususida kechgan tadbir. 15-may, 2018-yil
42/42 Vashingtondagi Milliy Press Klubda O'zbekistonda inson huquqlari va erkinlik xususida kechgan tadbir. 15-may, 2018-yil
Previous slide
Next slide

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

XS
SM
MD
LG