Breaking News

19 kundirki, AQSh hukumati yopiq


Kapitoliy, 9-yanvar, 2019

AQShda hukumat yopiq turgani Donald Trampni prezident sifatida Oq uydagi stolidan ilk bor xalqqa murojaat etishga majbur qildi. Muxolifat, demokratlar, darhol javob berdi. Tizim ishdan to’xtaganida tomonlar bir-birini ayblaydi.

Prezident Trampning dardi – devor. Meksika bilan chegarada yangi devor barpo etish uni Oq uyga olib kelgan va’dalardan biri. Qayta saylanish umidida yurgan Tramp so’zining ustidan chiqmoqchi.

“O’tgan ikki yilda chegarada 266 ming chet ellik qo’lga olindi. Hammasi jinoyatchilar. Ularning qilmishi: 100 mingdan oshiq jinoyat, 30 ming jinsiy tajovuz va 4 ming qotillik”, - deydi Tramp.

Meksika bilan chegarada gumanitar ofat yuzaga kelmoqda va Amerika tinchligi xavf ostida, deya iddao qilmoqda prezident.

“Hukumat ishdan to’xtab qolishining sababi shuki, demokratlar chegaralarimiz xavfsizligini o’ylamayapti, mablag’ ajratmayapti”, - deydi Tramp.

Demokrat liderlar Oq uy oldida, 9-yanvar, 2019
Demokrat liderlar Oq uy oldida, 9-yanvar, 2019

Demokratlar deydiki, Tramp - yolg’onchi va safsataboz. Oq uy bayonotida asos yo’q, deydi ular.

“Injiqlik bilan boshqara olmaysiz. Prezident degan odam stolga urib, hukumatni yopaman, deya talab qo’ya olmaydi. Tramp millionlab amerikaliklar tirikchiligini tahdid ostiga qo’ymoqda”, - deydi senator Shumer.

Vakillar palatasida hukmron demokratlar taklif qilgan qonun loyihalarini Oq uy qayta-qayta qoraladi.

“Prezident soliq to’lovchining pulini osmonga sovurmoqchi. Kerakmas narsaga mablag’ so’ramoqda. Devor uchun pulni o’zi Meksikadan olmoqchi edi, va’daboz”, - deydi Pelosi.

Tramp: Devorsiz hukumat ishga tushmaydi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:00:55 0:00

Demokratlar: Prezident Tramp - safsataboz
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:00:33 0:00

Demokratlar chegara xavfsizligi uchun 1,3 milliard dollar berishga tayyor, lekin Trampning talabi - 5,7 milliard dollar.

“Mayli, beton devor bo’lmasa, temir to’siq bo’lsin”, - deydi prezident.

Demokratlar esa bunga rozi emas. Devorga ham, to’siqqa ham zarurat yo’q, deydi ular.

“Murosa shunday narsaki, har ikki tomon nimadandir voz kechishi kerak. Gap chegara xavfsizligi haqida ketar ekan, e’tiborni shu masalaga qaratish kerak”, - deydi tahlilchi Stiven Billet.

Tramp devorni baribir quradi, bu degani uning uchun mablag’ni qayerdandir oladi, deya ogohlantirmoqda rasmiylar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG