Breaking News

AQSh Kongressi qachon to'liq ishga qaytadi?


Kapitoliy, AQSh Kongressi joylashgan majmua

AQSh Kongressining 535 a'zosi - 100 senator va 435 vakil - mart oyidan beri to'liq ishda emas. O'ta zarur hollardagina Kapitoliyga kelmoqda yoki masofadan turib faoliyat yuritmoqda. Oq uy mamlakat normal hayotga qaytish uchun tayyorlanmoqda, deya bong urar ekan, qonunchilar bu borada, umuman olganda, jim.

Poytaxtda koronavirus chekina boshlaganiga ularning ishonchi komil emas.

Vakillar palatasining yetti a'zosi va bir senator kasallikka chalindi. 31 nafari esa virusni yuqtirganlarga yaqin yurgani uchun izolyatsiyada o'tirishga qaror qildi.

Yetakchi demokrat kongressmen Steni Hoyer deydiki, qonunchilar masofadan ishlashda davom etadi, chunki Vashingtonga qaytish ularning sog'lig'ini xavf ostiga qo'yishi mumkin.

"Qo'mitalar virtual ishlayveradi. Loyihalarni muhokama qilaveramiz. Qaytganimizda ovozga qo'yaveramiz", - deydi Hoyer.

Masofadan turib ovoz berish taklifi hali ma'ullanmadi. Spiker Nensi Pelosi bu borada harakat ketayotganini aytadi.

Vakillar palatasida
Vakillar palatasida

Liz Hempovich, siyosiy tizimlar bo'yicha ekspert, murosa qilish kerak, deya tavsiya bermoqda.

"Texnologiya bunga zamin yaratgan. Uzoqdan turib ovoz berish mumkin. Kongressdagilar buni tushunib, dadil harakat qilishi kerak. Aks holda qonunchilar o'z ishini qilmayapti hozir", - deydi Hempovich.

Tartib shuki, qonunchilar ovoz berish uchun palata zalida bo'lishi shart. O'zgartirish kiritish uchun hamma bir yoqadan bosh chiqarishi kerak. Biroq bu borada hozircha yakdillik yo'q, ya'ni Kongress a'zolari masofadan ovoz berish xususida turlicha fikrda.

Kongress
Kongress

Kongressmen Jim MakGovern nazarida yangicha ishlash payti keldi. U Vakillar palatasida aynan tartib-qoidalarni nazorat qiluvchi qo'mita raisi. U ham Vashingtonga qaytishni xavfli deb hisoblaydi. Qonunchilar butun mamlakatdan keladi va hududiga tez-tez qatnab turadi.

Ovoz berish uchun qonunchi albatta Kongress zalida bo'lishi kerak degan qoida 231 yil oldin yozilgan, deydi ekspertlar, va ayni damdagi vaziyatda qo'l kelmaydi. Britaniyada ham eski tizimga sadoqat kuchli, lekin bugun qisman bo'lsa-da uzoqdan turib ovoz berish yo'lga qo'yilgan.

Kongress har ikki palatasida pandemiya davrida kiritilgan yagona o'zgartirish shuki, ovoz berishga kelganlar soni zalda cheklanadi, ya'ni ular birvarakayiga emas, kichik guruhlarga bo'lingan holda kelib ovoz berib ketadi va sessiyalar oldingidek uzun emas, 15 daqiqa.

Senatda hukmron respublikachilar lideri Mitch Makkonnelga ko'ra, palata 4-maydan ishga qaytadi, agar sog'liqni saqlash bo'yicha mutasaddilar va tibbiy maslahatchilar buni ma'qullasa.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG