Breaking News

Jon Retkliff - AQSh Milliy razvedka idorasining yangi rahbari


Jon Retkliff, sobiq kongressmen, endilikda AQSh Milliy razvedka idorasi rahbari
Jon Retkliff, sobiq kongressmen, endilikda AQSh Milliy razvedka idorasi rahbari

54 yoshli sobiq kongressmen Jon Retkliff endi AQS Milliy razvedka idorasining yangi rahbari. Prezident Donald Tramp uni eng ishongan odamlaridan biri sifatida tanishtirgan, lekin Retkliff Senat oldida so'zlar ekan, prezidentga emas, davlatga va uning xavfsizligi yo'lida xizmat qilishga so'z berdi. Razvedka idorasi rahbarini Senat tasdiqlaydi.

Oq uy Retkliffning ish boshlashini buyuk qadam deya izohlab, yangi direktorning ushbu so'zlariga urg'u bergan: AQSh razvedka bobida eng kuchli tizimga ega va shunday bo'lib qoladi.

Retkliff deydiki, uning birlamchi maqsadi har kuni prezident va butun hukumatni ishonchli, tezkor, zarur va xolis maxfiy ma'lumotlar bilan ta'minlashdir.

"Amerika xalqi har bir sohada eng aniq informatsiyaga ega bo'lishi lozim", - deydi Retkliff koronavirus va boshqa dolzarb masalalarda razvedka oqsadi, degan tanqidlarga javob berar ekan.

Xitoy va Rossiya xatti-harakatlarini, shuningdek, yadroviy qurollanishga intilishni nazorat qilish, deydi rasmiy, uning idorasi uchun asosiy vazifalardir.

Biroq demokrat senator Ron Uayden nazarida Retkliff xalqqa emas, prezidentga xizmat qilishga bel bog'lagan.

“Bu odam razvedka tizimini boshqarishga loyiq emas. Tajriba va uquvi oz. Lekin Senat lideri Mitch Makkonnell demokratik manfaatimizni chetga surib, uni bu lavozimga qo'yish uchun qo'ldan kelganini qildi", - deydi Uayden.

Retkliff huquqshunos, uzoq yillar advokatlik qilgan. Texas shtatidan Kongressga saylangach, olti oy davomida Vakillar palatasining Razvedka qo'mitasi a'zosi bo'lgan.

Respublikachi senator Marko Rubio fikricha, Retkliff bu ishni bemalol eplaydi va kutilganidan ham qattiqroq ishlashga moyil.

2016-yilgi prezident saylovlarida Rossiya aralashi tekshirilganida Trampni quvvatlagani uchun Retklliffga boshidan oz ishonch bildirildi.

AQSh razvedka tizimi islohotlarga muhtoj bir paytda "zaif nomzod ko'rsatildi" degan qarshilik oxirgi fursatgacha tinmadi. Lekin oxir oqibatda Retfliff aksariyat senatorlarning ovozini oldi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG