Breaking News

AQShda saylov natijalari bir kunda aniqlanmasligi mumkin


Jorjiya shtatidagi saylov uchastkalaridan biri

Amerikada yaqinlashayotgan saylovlar uchun mas'ul rasmiylar tashqi kuchlar jarayonni buzishga urinishi mumkin, deya ogohlantirmoqda. Ovoz berib bo'lingach ham kiber-xurujlar davom etishi, jarayon haqida soxta xabarlar tarqatish avj olib, ommani chalg'itishga urinish hollari ortishi mumkin, deydi mutasaddilar. Natija ham vaqtida aniqlanmasligi mumkin.

Ularga ko'ra, saylovchilarning aksariyati pochta orqali ovoz berishi kutilar ekan, 3-noyabrda o'tadigan saylovlar yuzasidan xulosa qilish uchun bir necha kun kerak bo'ladi.

AQSh Kiber-xavfsizlik va infrastruktura xavfsizligi agentligi rahbari Kristofer Krebs deydiki, xalq va hukumat bu safar yanayam sabr-qanoatli bo'lishga majbur.

“Demokratiya vaqt va mehnat talab qiladigan jarayon", - deya qo'shadi Krebs. wasn't made overnight.”

Har bir shtatda saylovga o'sha shtatning Davlat departamenti boshchilik qiladi.

Kolorado shtati rasmiysi Trevor Timmons deydiki, tizim saylovchi va ommaviy axborot vositalarini bu yilgi saylovga tayyorlashi lozim.

Koloradoda ham ovoz pochta orqali berilishi kutilmoqda va aholiga bu borada zarur ma'lumotlar tarqatilmoqda.

Saylovchi istasa, saylov uchastkasida ovoz berishi mumkin, lekin koronavirusdan saqlanish uchun uydan chiqqsi kelmasa, pochta orqali ham ovoz bersa bo'ladi
Saylovchi istasa, saylov uchastkasida ovoz berishi mumkin, lekin koronavirusdan saqlanish uchun uydan chiqqsi kelmasa, pochta orqali ham ovoz bersa bo'ladi

Har bir shtat saylov tartibini o'zi belgilaydi. Koloradoda saylovchi ovozni saylov kunidan 15 kun oldindan boshlab berishi mumkin. Lekin natijani 3-noyabr kunidan keyin bilasiz. Istaganlar, o'sha kuni saylov uchastkasiga borib berishi ham mumkin.

“Saylash huquqiga ega odamlar saylovda qatnashmasa, ovoz bermasa, hammamiz yutqazamiz", - deydi Timmons.

Amerika demokratiyasi fuqarodan faol va ogoh bo'lishni talab qiladi, deya ta'kidlaydi rasmiy.

AQSh Ichki xavfsizlik vazirligidan Metyu Masterson ham xalq bu safar saylovga yanayam jiddiyroq yondashishi zarur, deydi. Saylov har bir fuqaro ishtirok etishi kerak bo'lgan jarayon.

Amerika hukumati ommani Rossiya mediasi, xususan RT va "Sputnik" singari manbalarga ishonmaslikka chaqirmoqda.

Saylovchilarni ogoh etish ishlariga xususiy sektor, shoubiznes va ilmiy doiralar jalb qilinmoqda.

Ovoz berish mashinalari xavfsizligini ta'minlashda shtatlarning hukumatlari bir necha yirik kompaniyalar bilan ishlamoqda.

Natijani bir kunda aniqlay olmaslikning sababi - hisoblash vaqt talab qilishidir, deydi Masterson, biror xato yoki muammo bilan bog'liq emas.

“Aniqlik, shaffoflik xolislik va mas'uliyat - butun jarayon shu talablar asosida kechadi", - deydi Ichki xavfsizlik vazirligi rasmiysi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG