Breaking News

2021-yil AQSh Kongressi uchun qanday kechdi?


Kapitoliy yangi yilga tayyor, Vashington

2021-yil AQSh Kongressi tarixidagi eng muvaffaqiyatli davrlardan biri sifatida tarixga kiradi, deydi qonunchilar faoliyatini tahlil qilayotgan mutaxassislar. Impichmentdan tortib, infrastrukturaga sarmoya qilishgacha, pandemiya Kongress a’zolarini yanada faollashtirgandek.

2021-yilning 6-yanvari. Amerikani sergak torttirgan kun.

Muddati tugayotgan prezident Donald Trampning tarafdorlari Kapitoliyga bostirib kirdi, qon to’kildi. Tarixda ilk marta amerikaliklar bunday dahshatni ko’rdi.

Keysi Burgat, tahlilchi:

“Amerika fuqarolari o’z parlamentiga g’azab bilan kirib, buzg’unchilik qilayotgani, hokimiyat tinch tarzda o’zgarishiga o’rgangan xalq uchun qattiq shok bo’ldi. Amerika siyosiy tizimini o’rganadigan biz kabi odamlar ham buni hech kutmagandik. Bu ishlar chet mamlakatlarda bo’ladi, demokratiyaga aylanishga qiynalayotgan davlatlarda, der edik. O’zimizda ham shunday tartibsizlikka guvoh bo’ldik”.

Tramp bu ishlarda qo’li va roli borlikda ayblanib, Senatda sudlandi. Impichment kechdi. Lekin uni jazoga tortish uchun ovoz yetmadi. Tramp ikkinchi impichmentdan ham omon chiqdi.

Jorjiya shtatida yangi senatorlar saylanar ekan, Kongressda demokratlar ko’pchilik o’rinlarni egalladi. Lekin bu o’rinlar hamon yetarli emas.

Iqtisodiyotga kuch berish, sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish bo’yicha qonun loyihalari vaqtida qabul qilindi, deydi ekspertlar.

“Ulkan loyihalar, har jihatdan va ularni ovozga qo’yib, ma’qullashdi va amalga oshira boshlashdi. Pandemiya sabab ko’plar Vashingtonda emas, lekin ishlashdi”, - deydi siyosatshunos Burgat.

Qurol nazoratini kuchaytirish, immigratsiya va ovoz berish huquqi yuzasidan demokratlar olg’a surgan qonun loyihalari o’tmadi. Sabablarini tahlil qilayotgan siyosatdonlar deydiki, tizimda, qonunchilik faoliyatida islohotlar qilish zarur.

Rebeka Karuters, ekspert:

Senatda biror loyiha ma’qullanishi uchun demokratik tizimlarga xos ko’pchilik ovoz emas, palataning 100 dan 60 a’zosi ovoz berishi talab qilinadi. Bu degani ko’pchilik o’rindagi partiya shuncha senatorga ega bo’lmasa, loyihalar aksariyat hollarda chetga surilaveradi, chunki narigi tomon unga qat’iyan qarshi chiqaveradi. Juda bo’lmaganda, konstitutsion kafolatlar bilan bog’liq masalalarda 50 dan ortiq ovoz bo’lsa, o’tadi, deya kelishish kerak”.

Hozirgacha ekspertlar xulosasi shuki, Bayden ma’muriyati Kongress bilan ishlay olayapti. 1,2 trillion dollarlik taraqqiyot dasturi qabul qilingani Prezident Jo Bayden uchun Oq uydagi ilk yilida salmoqli yutuq. Iqlim, salomatlik va bola ravnaqi to’g’risidagi loyiha ham muhokamada. Respublikachilar nazarida so’ralayotgan mablag’ nihoyatga yirik. Qarshilikka qaramay demokratlar kurashni davom ettirmoqda.

“Demokratlar qattiq harakatda va xalq manfaati uchun ter to’kmoqda, degan tasavvur hukmron hozir. Respublikachilar ularga to’siq qo’yib, takliflarini rad etmasin, demokratlar bor kuchini ishga solmoqda. Katta maqsadlar uchun bir yoqadan bosh chiqarayotganini targ’ib qilmoqda. Bu esa fuqaro fikriga ta’sir qilmay qo’ymaydi. Demokratlarni zahmatkashroq qilib ko’rsatadi”, - deydi Burgat.

2022-yilda esa Kongressga saylovlar. Vakillar palatasi yangilanadi, shuningdek, Senatning uchdan bir qismi.

Ekspertlar: 2021-yil AQSh Kongressi uchun yomon kechmadi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:42 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG