Breaking News

Yulg'ichlikka qarshi kurash kuchli iroda talab qiladi


Marokashda korrupsiya va qonunbuzarlikka qarshi namoyishlar, 11-iyun, 2017
Marokashda korrupsiya va qonunbuzarlikka qarshi namoyishlar, 11-iyun, 2017

Vatanida korrupsiya va qonunbuzarlikka qarshi kurashayotgan faollar yaqinda Vashingtonda o’z tajribasi bilan o’rtoqlashdi. Ularni quvvatlovchi tashkilot - Demokratiya uchun Milliy Jamg’arma ularga mezbonlik qildi.

Korrupsiya va qonunbuzarlikka qarshi kurash
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:17 0:00

Afg’on mutaxassis Xalil Parsa Amerika qonunchilari bilan muloqotda ulardan yurtiga yordamni davom ettirishni so’radi.

Afg’oniston osoyishta va farovon yashay oladi, deydi Parsa. AQSh hukumati bu xalqni o’z holiga tashlab qo’ymasligi kerak.

To’qqiz marta o’q yegan faol kurashni davom ettirayotgani haqiqiy qahramonlik, deydi Vakillar Palatasi spikeri Pol Rayan. Naqadar matonatli inson ekan, deydi qonunchi, Xalil Parsaga qarab.

“Men yolg’iz emasman”, - deydi Parsa.

"Faqat men kurashayotganim yo’q. Orqamda yuzlab, minglab faollar bor. Ularning hayoti ham xavf ostida. Lekin korrupsiyani yengmasak, tinchlik bo’lishi mumkin emas, shu bois qattiq harakatdamiz”, - deydi faol. “Demokratiya, adolat va qonun ustuvorligi ta’minlanishi uchun mehnat qilish kerak”.

Parsa Angola, Ukraina, Malayziya va Gvatemala singari davlatlarda yulg’ichlikka qarshi turgan insonlar qatorida taqdirlandi.

"Faollar bir-birini quvvatlashi shart. Aks holda kurash samara bermaydi. Qayerda bo’lmasin, bir yoqadan bosh chiqarish zarur”, - deydi Parsa.

Repressiya, diktatura, xalq mulkini o’marish va kontrabandaga nisbatan kuchli choralar taklif qilib, ularni tatbiq etishda jonbozlik ko’rsatgan insonlarga madad ko’rsatish Amerikaning burchi, deydi Kongress a’zolari.

“Biz agar bu faollarning erkinlik, huquq va qonun ustuvorligi uchun qilayotgan mehnatini olqishlamasak, kim olqishlaydi”? – deya so’raydi kongressmen Rayan.

Olisdan turib vatani ravnaqi uchun kurashayotganlar ham ko’p.

Gvatemaladan Kaludiya Eskobar oldin hukumatda ishlagan. Tuzumdagi kamchiliklarni fosh etgani uchun vatanidan quvilgan.

"Chiqib ketishga majbur bo’ldim, chunki hukumatim menga tahdid deb qaradi, meni hokimiyatga qarshi jinoyatlardan ayblashdi”,- deydi Eskobar.

Har bir xalq adolat uchun o’zi kurasha olishi kerak, deydi faol. Xalq oyoqqa turmaguncha, rahbarlar miq etmaydi. Tinch, qonunan lekin tinimsiz kurash bu, deya tushuntiradi Eskobar.

“Korrupsiyadan qutulish uchun davlat tizimlarini mustahkamlash kerak, birma-bir. Adliya mustaqil bo’lishi kerak. Saylovlar odil kechishi kerak. Buni esa fuqaro xohlashi kerak. Adolat nima ekanini anglab, huquqimizni qadrlab, o’z ravnaqimiz uchun o’zimiz harakat qilishimiz kerak”, - deydu Eskobar.

Gapirish oson, deya tan oladi bu faollar, lekin ularni amalga oshirish ham mumkin. Buning uchun iroda kerak. Uni hosil qilish uchun esa targ’ibotni susaytirmaslik lozim.

Targ’ibot esa mehnat, mablag’ va vaqt talab qiladi. AQSh bu borada yordamni to’xtatmasin, deydi bu faollar Kongress a’zolari bilan muloqotda.

Oshkoralik va demokratiya targ’iboti AQSh tashqi siyosatining ajralmas qismi bo’lib qolsin, chunki tinch va demokratik jamiyatlar uga ishonchli hamkor bo’la oladi, deya qayd etmoqda bu insonlar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG