Breaking News

Elektron sigaretadan kasallangan o'smirlar soni ortmoqda


Elektron sigaretalar sotuvi man etilishi mumkin
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:45 0:00

Elektron sigaretalar sotuvi man etilishi mumkin

Amerika yoshlari orasida elektron (e-sigareta) chekish “moda”ga aylandi. Sigareta chekib nikotin yutgandan ko’ra e-sigaretalar afzalroq deya baholangan. Ulardagi xushbo’y ta’mga yoshlar mahliyo bo’lgan.

Ayni damda e-sigareta chekuvchilarida nafas olish yo’llari, o’pkada jiddiy jarohat, hatto o’limga sabab bo’layotganidan ota-onalar jiddiy tashvishda. Prezident Donald Tramp e-sigaretalarga qarshi harakat boshlagan.

Prezident Trampning e-sigaretalarga qarshi harakati bir nechta shtat o’smirlarining o’pka va nafas olish yo’llari jarohati bilan kasalxonaga tushishi ortidan e’lon qilindi. Ulardan biri Texas shatatidan Hanter Sims, talaba.

“To’xtatish kerak. O’lib ketishimga bir bahya qoldi. Ahvol yanada ayanchli bo’lmasidan Oziq-ovqat va dori-darmon boshqarmasi (FDA) man qilishi kerak”, - deydi u.

E-sigaretadan kasallangan bolalar ota-onalari federal hukumatdan muammoga e’tibor talab qilmoqda.

“Mahsulotni man qilish kerak. Farzandlarimiz umriga zomin bo’lyapti. Nikotin uchun emas, mazasiga uchib chekishadi. Xushbo’y ta'mli e-sigaretalar reklamasi aynan o’smirlarni nishonga olgan”, - deydi bir ona.

Prezident Tramp e-sigareta ishlab chiqaruvchilari cho’ntagini quritsa-da man qilish harakatida ekanini aytdi.

“Tushunaman, e-sigaretalar kichik fursatda katta biznesga aylangan, hozir gigant biznes. Biroq xalqimizning sog’lig’ini yeyishiga yo’l qo’yolmaymiz, yoshlarga bunchalar ta’sirini istamaymiz”, - deydi Tramp.

AQSh Sog’liqni saqlash vaziri Aleks Azarga ko’ra, sakkiz millionga yaqin katta yoshli amerikalik va besh millionga yaqin bola e-sigareta chekadi.

“Bolalarning butun bir avlodi nikotinga mukkasidan ketish ehtimoli katta. Sababi e-sigaretalar qattiq jalb qila oladi va bolalarning osongina qo’li yetadi”, - deydi vazir.

Agar taqiqlansa, e-sigaretalar sotuvi man etiladi, nikotinlisi emas. Ishlab chiqaruvchilar mahsulotni bozorga olib chiqishdan oldin AQSh Oziq-ovqat va dori-darmon boshqarmasi tasdig’idan o’tishi kerak.

“Tamaki ta'mli e-sigaretalar, ularni ishlab chiqaruvchilar 2020-yil maygacha boshqarma tasdig’i uchun loyihasini topshirishi kerak. Boshqa turdagilari uchun ham urinib ko’rsa bo’ladi, biroq boshqarma tasdig’idan o’tmagancha bozorga chiqmaydi”, - deydi vazir Aleks Azar.

Sog’liqni saqlash bo’yicha mutaxassislar muammoga qarshi jiddiy kurashmoqchi.

“Mazali, xushbo’y ta'mli mahsulotlar ko’p, lekin ularni saqich yoki shirinlik deb atay olmasak, bolalarga reklama qilmaslik kerak”, - deydi Michigan Sog’liqni saqlash rasmiylaridan biri Linda Vail.

Qo’shma Shtatlar bo’ylab Michigan shtati birinchi bo’lib e-sigaretalarni man qildi. Boshqa tomondan taqiqlangan mahsulotning noqonuniy sotuvi avjiga chiqishi mumkin. Ekspertlar fikricha, o’smirlar e-sigareta kabi mahsulotlar iste’molining xavfli oqibatlaridan xabardor bo’lishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG