Qizlarni tajovuzdan saqlash yo'lida/Protecting girls from assault
Hindistonda talaba qizga bir guruh erkaklar tajovuz qilib, jinsiy tahqirlagach, bu xabar bir zumda jahon bo'ylab aks-sado berib, xotin-qizlar himoyasi yo'lida ko'plab va'dalar berildi, hujumlar qoralandi. Hind qizi bir necha kun o'tib, qattiq jarohatlardan vafot etdi. Xalqi unga hamon motamda. Jinsiy zo'ravonlik jamiyat, elat va tabaqa tanlamaydi. Dunyoning qayeriga bormang, undan jabr ko'rganlar, uning dahshati bilan yashayotganlar ko'p. Amerikada bu muammoga e'tibor katta, ammo uni butkul bartaraf etish mumkinmi? Kamaytirish mumkin, deydi biz bilan gaplashgan faollar. Dallas Jessup ismli qiz 13 yoshida tengdoshi o'g'irlanib, zo'rlanganiga guvoh bo'ladi. Dugonasi qanchalik xo'rlanganini ko'rgan bu o'quvchi qizlarni zo'ravonlikdan himoya qilishni o'z hayotiy maqsadi deb belgilaydi. Yillar o'tib u nodavlat tashkilotga asos soladi.
Shu mavzuda
Siz uchun
-
May 08, 2024
Argentina urushda Ukrainani qo’llab-quvvatlamoqda
-
May 07, 2024
Xalqaro hayot - 7-may, 2024-yil
-
May 07, 2024
Boysun bahori: Surxondaryo, O'zbekiston
-
May 07, 2024
Ukraina tuz konlari “Maynkraft” o’yiniga kiritildi
-
May 07, 2024
Ukraina – minalar bilan to’lib-toshgan mamlakat
-
May 06, 2024
Xalqaro hayot - 6-may, 2024-yil