Breaking News

Toshkentda hibsdagi jurnalistlar oqlanishi kutilmoqda


Hayotxon Nasriddinov va Bobomurod Abdullayev

Hibsdagi jurnalist Bobomurod Abdullayevning oqlanishi Prezident Shavkat Mirziyoyev islohotlari tantanasiga aylanishi mumkin. Mahkama hukmini kutayotgan jurnalistning o’zi suddagi so’nggi so’zida Mirziyoyev va u qilayotgan o'zgarishlarga ishonishini aytgan.

“O’rim” amaliyoti isbotlanmagan
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:53 0:00

Prokuror konstitutsiyaviy tuzumga qarshi jinoyatda ayblanayotgan jurnalist Bobomurod Abdullayevga nisbatan 5 yillik qamoq jazosini, Hayotxon Nasriddinov doxil qolgan uch nafar sudlanuvchini oqlashni so’ragan. Mahkamada jurnalistlar ishtirokida hukumatni ag’darish maqsadida tuzilgani aytilgan “O’rim” amaliyoti mavjudligi isbotlanmagan.

Abdullayev so’nggi so’zini aytgan. Jurnalist ayblov uydirma ekanligini, qiynoqlar tufayli iqrorlikka majbur qilingani, sobiq tuzum davridagi so’z erkinligiga nisbatan tazyiqlar uni anonim muallif “Usmon Haqanazarov” taxallusi ostida yozishga majbur etgani haqida gapirgan.

Jurnalist yangi hokimiyat davridagi o’zgarishlarga ishonishi, jumladan Prezident Mirziyoyev amalga oshirgan islohotlar tufayli mamlakatda so’z erkinligi qo’yilgan to’siqlar olib tashlanayotgani, matbuot tanqidiy materiallar bera boshlagani haqida gapirgan.

Bobomurod Abdullayevning turmush o’rtog’i Katya Balxiboyevaning aytishicha, jurnalistning, shuningdek, uning advokati Sergey Mayorovning suddagi oxirgi so'zlari mahkama ishtirokchilari tomonidan olqishlar bilan kutib olingan.

“U so’nggi so’zida men aybdor emasman, davlat to’ntarishiga doir maqola yozmaganman, dedi. Shuningdek, o’zining qamoq jazosiga hukm qilinishi davlat zaifligini isbotlovchi dalil bo’lishi mumkinligini aytdi. O’zining ozod qilinishi esa hozirgi o’zgarishlar, prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev islohotlari amalda qo’llanilayotganini isboti bo’lishi haqida gapirdi. U Shavkat Mirziyoyev islohotlarini avval boshdan qizg’in qo’llab-quvvatlab kelayotganini aytdi. Sud majlisiga huquq faollari, jurnalistlar, befarq bo’lmagan boshqa ko’plab odamlar qatnashdi”, - deydi Balxiboyeva.

Abdullayev va Nasriddinov doxil mahkama DXX, sobiq MXX, tomonidan surilgan konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz, hokimiyatni kuch bilan egallashga urinish bo’yicha ayblovni ko’rib chiqayotgan edi. Mahkama davomida ayblanuvchilar tomonidan hokimiyatni egallash maqsadida tuzilgan “O’rim” amaliyoti mavjudligi isbotlanmagan.

Prokuror Abdullayevga qo’yilgan hokimiyatni kuch bilan egallashga urinish ayblovi hokimiyatni kuch bilan o’zgartirishga da’vat qiluvchi materiallarni saqlash, tarqatish bandi bilan qayta malakalanishini, jurnalistga nisbatan 5 yillik qamoq jazosi, Nasriddinov doxil qolgan uch nafar ayblanuvchilarga nisbatan oqlov hukmi chiqarilishini so’ragan.

Kayta Balxiboyevaga ko’ra, prokuror oqlov hukmi chiqarilishini so’ragan sudlanuvchilar jurnalist Nasriddinov, tadbirkor Ravshan Salayevlar ham so’nggi so’zida suddan Abdllayevga nisbatan ham oqlov hukmi chiqarilishini iltimos qilishgan.

“Bobomurod o’zini aybdor deb hisoblamaydi. U shunday ishonchda turibdi. U bilan birga sudlanayotganlar ham buni mahkamadan so’rashdi, masalan jurnalist Hayotxon Nasriddinov ham Bobomurodga nisbatan oqlov hukmi chiqarilishini iltimos qilib, o’tgan tushunmovchiliklar uchun uzr so’radi. Ravshan Salayev ham so’nggi so’zida Bobomurodni oqlashni iltimos qildi. Hozir oxirgi so’z Shavkat Olloyorovda qoldi, shundan so’ng sudning hukmi chiqadi, hammamiz sud adolatli hukm chiqaradi degan umiddamiz”, - deydi Balxiboyeva.

Mazkur mahkama O’zbekistonda hokimiyat almashishi ortidan jurnalistlar hibsga olingan, yozgan tanqidiy maqolalari uchun mahkama tortilgan dastlabki jarayon ekanligi bilan jamoatchilik, xalqaro huquq tashkilotlari diqqatida turibdi.
Jurnalistlar hibsga olinar ekan bir nechta xalqaro huquq tashkilotlari zudlik bilan ularning ozod etilishini, qiynoqlar to’xtatilishini so’rab O’zbekiston hukumatiga murojaat bilan chiqishgan edi.

Jurnalistlarga nisbatan ayblov ayni paytda faoliyati va vakolati qonun doirasiga solingan DXX, sobiq MXX, tomonidan surilgan edi. MXXning uzoq yillik raisi Rustam Inoyatov iste’fosi ortidan bu xizmatda ham islohotlar o’tkazilgani e’lon qilindi.

Jurnalistlar ustidan sud mart oyida boshlangan edi. Ochiq, adolatli o’tayotgani ta’kidlanayotgan bu mahkama jamoatchilik tomonidan muntazam kuzatib kelinmoqda.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG