Breaking News

O'zbekistonda Gulnora Karimova ishi yuzasidan o'ziga xos ochiqlik


Gulnora Karimovaning 2014-yilda chiqqan surati

O'zbekiston Bosh prokuraturasiga ko'ra, oldingi prezidentning yirik korrupsiyada ayblanib qamalgan qizi Gulnora Karimovaga tegishli mablag’ni xorijdan qaytarish uchun harakat oson kechmayapti.

Bosh prokuratura: Gulnora Karimova "omargan pulni" vatanga qaytarish qiyin
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:41 0:00

Avvalroq Gulnora Karimova uy qamog’idan umumiy koloniyaga ko’chirilgan edi. U va oilasi mablag'ning vatanga qaytarilishiga keskin qarshi ekani aytiladi.

Gulnora Karimovaga nisbatan "bosimlar kuchaygan" degan murojaatlarga Bosh prokuratura bunday emas, deya javob bermoqda. Hozirga qadar Gulnora Karimova ishi bo’yicha siljish yo’q. Shveytsariyada musodara qilingan dastlabki 800 million frank taqdiri noma’lum.

"Gulnora ishi" - oldingi rahbardan hozirgisiga meros qolgan xalqaro mojaro.

Karimov davrida deyarli maxfiy bo’lgan bu ish yuzasidan rasmiy idoralar, xususan Bosh prokuratura zudlik bilan munosabat bildira boshlagan.

Karimovaning advokati Greguar Manja, yaqinlari, xususan qizi Iymon Karimova bildirayotgan e’tirozlar inobatsiz qoldirilmayapti. Yaqinda Manja mijozining tibbiy ko’rikka ehtiyoji rad qilinayotgani, doimiy ruhiy bosimlar ostida ekanini da'vo qilgan edi.

Iymon Karimova DXX va Bosh prokuraturaga ariza bilan chiqdi. Nusxasi ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan bu xatda Gulnora Karimovaning salomatligi yomon, u ruhiy bosim ostida jazo o’tamoqda, deya da'vo qilinadi.

Arizada qayd qilinishicha, Gulnora Karimovaga nisbatan bunday munosabat to’xtatilgan taqdirda prokuratura xodimlari buzgan, tomonlar o’rtasida uzoq kutilayotgan o’zaro ishonch qayta tiklanishi mumkin.

Bu bayonotlarga nisbatan Bosh prokuratura javobi uzoq kutilmadi. Gulnora Karimova ishiga doir navbatdagi ma’lumot 14- iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidagi brifingda taqdim etildi.

Matbuotda Bosh prokuror o’rinbosari Erkin Yo’ldoshev ayni paytda Karimova jazo muddatini umumiy tartibdagi koloniyada o’tamoqda, deb aytgan. Iqtibosga ko'ra, mahbusning salomatligi bilan bog’liq hech qanday muammo yo’q. Gulnora Karimovga tegishli mablag’ni qaytarish murakkab jarayon, xususan Shveytsariyada muzlatilgan 800 million frankni qaytarish ham oson emas. Rasmiyga ko'ra, bu borada xalqaro huquq normalariga asosan ish olib borilmoqda.

Prokuraturani bu bayonotdan 2015- yildan buyon qamoqda saqlanayotgan Gulnora Karimova ishida, xususan u tomonidan o’zlashtirilgan xorijdagi mablag’larni qaytarish masalasida biror siljish kuzatilmagani ko’rinadi.

So’nggi paytda Gulnora Karimova ishiga doir kuzatilayotgan nisbiy ochiqliklar sababi nafaqat mamlakatdagi islohotlar bilan, balki Karimovaga doir tergovni xalqaro huquqlarga qanchalik mos bo’lishiga bog’liq ko’rilmoqda.

Londondagi Markaziy Osiyo instituti tadqiqotchisi Alisher Ilhomov fikricha, bu Gulnora Karimovaga doir dastlabki muzlatilgan mablag’ 800 million frankni qaytarish qarorida turgan Shveytsariya hukumati uchun muhim.

“Shvetsariya bu pullarni qaytarilishi mumkin, ammo bu aniq bir xalqaro me’yorlarga mos kelishi kerak. Albatta Gulnora Karimovaning bu jinoiy doirasida aybdorligi shubha uyg’otmaydi, ammo ayrim holatlar, xususan uning o’z uyida hibs qilinishi, yoki qamoqda qanday sharoitlarda saqlanyotgani, ayniqsa mablag’ni ixtiyoriy qaytarishga doir hujjatlarni imzolashga majburlanayotgani doir ma’lumotlar e’tirozlar uyg’otadi”, - deydi tahlilchi.

Alisher Ilhomov nazarida Shveytsariyadagi mablag’larni qaytarilish mexanizmi Gulnora Karimova tegishli xorijdagi boshqa mablag’larga yo’l ochishi mumkin, faqat buning uchun xalqaro me’yorlarga mos aniq bir tizim, xususan qaytarilgan mablag’lar nimaga, qanday sarflanishi, jamoatchilik nazoratiga doir aniq, shaffof bir loyiha yo’lga qo’yilishi lozim.

Ta’kidlash joiz, Karimovga nisbatan jazo muddatini o’zgartirilishi, keyinchalik uni yana umumiy tartibdagi koloniyaga qaytarilishi xorijdagi mablag’larni qaytarishga doir tomonlar o’rtasida tuzilgan kelishuv bilan bog’liq ko’rildi. Keyinchalik Gulnora Karimova bu kelishuv shartlarini bajarishdan bosh tortishi ortidan yana umumiy tartibdagi koloniyaga qaytarildi.

Hozirgacha Karimovaga nisbatan belgilangan jazo muddatlarii bir necha bor o’zgardi, dastlab 2015-yilda besh yillik, keyinchalik 2017-kelib 10 yillik qamoq, 2018-yilga kelib esa muddat yana 5 yillik shartli jazoga almashtirildi.

U ayni paytda shartli jazo o’tash tartibini buzish aybi bilan umumiy tartibdagi koloniyada saqlanmoqda. Karimovga nisbatan belgilangan amaldagi jazo muddati o’zgarmagan taqdirda 2023-yilga borib ozodlikka chiqishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG