Breaking News

Oxirgi bir oyda Afg’onistonda 20-25 tuman Tolibon nazoratiga o’tgan


Tolibon mamlakatning barcha hududlarida harbiy harakatlarini kuchaytirgan. To’qnashuvlarda toliblar ham, hukumat kuchlari ham talafot ko’rgan.

Oxirgi bir oyda 20-25 tuman Tolibon guruhi nazoratiga o’tgan.

Afg’onistonning shimoliy viloyatlari - zo’ravonliklar avj olgan nuqtalar. Faryob, Sari Pul, Juzjon, Balx viloyatlarining bir qancha tumanlari va umumiy yo’llar qurolli toliblar nazoratida.

Afg’onistonda zo’ravonliklar avj olmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:28 0:00

Vaziyat og’irlashishi ortidan “Milliy Junbish” partiyasi rahbari, sobiq Vitse-prezident, marshal Abdul Rashid Do’stum jabhalarga borib, harbiylarga maslahat bermoqda.

Turkiyaga ketganimdan ko’ra, shu yerda sangarda bo’lganim afzal. Oxirigacha jang qilaman. Agar o’lsam, shu joyda ko’mib, qabrimni belgilab ketinglar. Ortga chekinish katta ayb. Sulh muzokaralaridan natija chiqmadi. Vaqt bekorga ketdi, hududlar boy berilmoqda, harbiylarimiz asirga olindi.

“Turkiyaga ketganimdan ko’ra, shu yerda sangarda bo’lganim afzal. Oxirigacha jang qilaman. Agar o’lsam, shu joyda ko’mib, qabrimni belgilab ketinglar. Ortga chekinish katta ayb. Sulh muzokaralaridan natija chiqmadi. Vaqt bekorga ketdi, hududlar boy berilmoqda, harbiylarimiz asirga olindi”, - deydi Do’stum.

Shaharlar umumiy tartibni boy bergan. Tolibonga qarshi qurollanish holatlari sezilarli darajada oshgan. Hukumatga nisbatan ishonchsizlik kuchaygan.

“Bir qatra qonimiz boricha vatanimiz va xalqimizni himoya qilamiz”, - deydi Abdul Sattor Qosimiy, “Milliy Junbish” partiyasi qo’mondoni.

Hukumat vaziyatni yaxshilashga va’da bermoqda. Boy berilgan hududlar qaytariladi, deydi rasmiylar.

“Tolibonga og’ir talafot yetkazilgan. Lekin Shibirg’on-Sari Pul shoh yo’li harbiylar va davlat xodimlari uchun yopiq. Yo’lni qayta ochish uchun harakat qilayapmiz”, - deydi armiya qo’mondoni Abdul G’ani Nizomiy.

Bir qatra qonimiz boricha vatanimiz va xalqimizni himoya qilamiz

Bir qancha harbiy bazalar mahalliy oqsoqollar vositachiligi bilan toliblarga taslim bo’lgan. Harbiy vositalar, qurol-yarog’ guruh qo’liga tushgan. Hukumat mahalliy vositachilarni jazolash chorasi haqida ogohlantirmoqda.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG