Breaking News

Pokiston: Afg'onistonda hech kim yutmaydi


Moyid Yusuf, Pokiston rahbarining Milliy xavfsizlik bo'yicha mashlahatchisi, Vashington, 4-avgust, 2021

Tinchlik muzokarasi qilmay qurol bilan kurashni davom ettirish Afg'onistonda hech bir tomonga ustunlik bermaydi va hamma birdek yutqazadi, deya ogohlantirmoqda Pokiston.

Amerika kuchlari chiqib ketar ekan, Tolibon tumanma-tuman hujumlarni oshirib, o'z nazoratini kengaytirisga urinmoqda. AQSh yordami bilan Afg'oniston armiyasi ularga javob berishga harakat qilmoqda. Mamlakat yanada notinch.

Pokistan hukumatida davlat xavfsizligi bo'yicha maslahatchi Moyid Yusuf Vashingtonga tashrifi davomida Tolibon va afg'on hukumatini kechirib bo'lmas xatolarda aybladi.

"Hech bir tomon kuch bilan maqsadiga erisha olmaydi",- deydi Yusuf. "Murosasiz tinchlik yo'q".

“Afg'onlar anglashi kerak: tinchlik kerakmi, demak, zo'ravonlikni to'xtatib, qurolni tashlab, muzokara orqali kelishasiz. Biz bu borada yordam berishga tayyormiz".

Yusuf deydiki, Pokiston AQSh bilan hamkorlikda bu maqsad yo'lida ishlab kelmoqda. "Pokiston qo'shni yurtdagi urushdan faqat zarar ko'radi", - deydi u.

"Mojaro davom etaversa, biz ham o'z maqsadlarimizga yeta olmaymiz. Qo'shni bu qadar notinch ekan, geoiqtisodiy yo'nalishdagi qarorlarimizni amalga oshirish qiyin. Bu butun mintaqa uchun tahdid va zarar".

Tolibonni to'xtatish Pokistonning qo'lidan keladimi?

Yusufga ko'ra, uning davlati allaqachon barcha imkoniyatlarni ishga solgan.

“AQSh qo'shinlari ketar ekan, albatta ta'sir vositalari ham ozayadi. Tolibon ko'proq hududlarni egallar ekan, ularga ta'sir qilish yanada qiyin".

AQSh azaldan Pokistonni Tolibonni zimdan quvvatlaganlikda ayblab kelgan, hatto 2018-yilda harbiy yordamni kesgan.

Biroq oxirgi oylarda Vashington-Islomobod muloqoti jadallashib, tomonlar yaqindan ishlay boshlagan.

Pentagon Tolibon bugun Afg'onistonda ma'muriy markazlarning yarmiga yaqinini nazorat qilayotganini tan oladi.

AQSh Mudofaa vazirligi, shuningdek, Afg'oniston markaziy hukumati nihoyatda zaif va qulashi mumkin deya xulosa ham qilgan. Biroq Amerika hukumati nazarida Tolibon baribir g'alaba qila olmaydi.

"Afg'on hukumati Tolibondan qutula olmaydi, - deydi maxsus vakil Zalmay Halilzod "Amerika Ovozi" bilan suhbatda. - Tolibon esa butun mamlakatni zabt etib, xalq istagiga asoslangan hokimiyat o'rnata olmaydi".

Bayden ma'muriyati Afg'oniston hukumati va toliblarni muzokara stoliga qaytishga undashda davom etmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG