Breaking News

O’zbekiston Islomiy Harakati yetakchilaridan biri hibsda


Afg'onistondagi xorijiy jangarilar orasida sobiq Sovet yurtlaridan borganlar va ularning avlodlari anchagina
Afg'onistondagi xorijiy jangarilar orasida sobiq Sovet yurtlaridan borganlar va ularning avlodlari anchagina

“Islomiy davlat” terror tizimi Afg’onistonda o’z faoliyatini kuchaytirar ekan, eng katta tahdid deb ko’rilmoqda. Mamlakat Bosh vaziri o’rinbosari Muhammad Muhaqqiq Eronda safari chog’ida bu borada xavotir bildirgan. Bu guruhni yo’q qilish uchun jahon birdam bo’lishi zarur, deydi tahlilchilar.

Afg'oniston shimolida: Sherzod Anvarov kim?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:08 0:00

Afg’oniston shimolidagi Juzjon viloyati bugungi kunda “Islomiy davlat”ning asosiy markazlaridan biriga aylangan. Juzjonning Qo’shteppa va Darzob tumanlari uning nazoratida.

Juzjon viloyati rasmiylariga ko'ra, yaqinda “Islomiy davlat”ga qo’shilgan O’zbekiston Islomiy Harakati yetakchilaridan biri Sherzod Anvarov Shibirg’onda qo’lga olinib, milliy xavfsizlik idorasiga topshirilgan. Hanuzgacha Anvarov haqida to’liq ma’lumot berilmagan. U Kobulda hibsxonada.

“Juzjonda o’zbekistonlik jangarilar soni 36 kishi. To’rt-besh kishining oilalari ham bor. Ular isyonchilarni tarbiylash, bomba ishlab chiqarish kabi ishlar bilan band. Sherzod Anvarov Shibirg’on shahrida ushlandi. Hozir milliy xavfsizlik kuchlari nazoratida. U Pokiston va O’zbekiston borib kelayotgani haqida ma’lumotlar mavjud edi. Harbiylar tomonidan qidiruvda edi”.- deydi Juzjon hokimi so’zlovchisi Rizo G’ofuriy.

Juzjondaning Darzob va Qo’shteppa tumanlaridagi xorijiy jangarilar hukumat bilan olishmoqda.

“Islomiy davlat” Daish nomi bilan ham tanilgan.

“Jangarilar orasida chechenistonlik, arab, pokistonliklar ham bor. Yaqida Fransiya fuqarosi bo’lgan ikki ayol va bir erkak ham Juzjonda Daishga qo’shilgan”,- deydi G’ofuriy.

Qo’shteppa va Darzob tumanlarida davlat idorilarining aksariayti yopiq. Hukumat juda oz hududni saqlab qolishga muvaffaq bo’lgan.

“Qo’shteppa va Darzobda vaziyat yaxshi emas. Qishloqlarni DAISh bosib olgan. Ko’pchilik oilalar Shibirg’on shahriga qochib kelgan. Ikki yildan beri qatnov yo’li topib qo’yilgan. Bundan, ham aholi ham hukumat aziyat chekmoqda”,- deydi Juzjon hokimi so’zlovchisi.

Mazkur ikki tumanda “Islomiy davlat” kuch to’plab, bolalarga jangarilikni o’rgatayotgani aytiladi, lekin rasmiylar deydiki, bu iddaolarni tasdiqlovchi dalillar yo’q.

“53 maktab yopib qo’yilgan. 30 ming bola o’qishdan mahrum qilingan. Shibirg’on qochib kelgan o’qituvchilar shahar maktablarida ishga olingan. Hudud jangarilardan tozalanmgunga qadar bolalarning maktabga borishi mumkin emas”,- deydi G’ofuriy.

Ismi sir qolishi so’ragan mahalliy fuqaro “Amerika Ovozi” bilan suhbatda shunday deydi:

“Darzob va Qo’shteppa ahvol juda og’ir. Maktablar DAISh tomonidan yopilgan. Bolalar maktab bora olmaydi. Xalq ancha tashvishda. Bolalar savodsiz qolib ketayapti. Besh-olti oydan beri ular darsdan mahrum qilingan”.

Hukumat hisobicha, Juzjonda 800 nafar jangari bor, hammasi “Islomiy davlat” odamlari. Qori Hikmat va Mufti Ne’matulla ularga rahbarlik qilmoqda.

Mazkur ikki tuman Faryob, Sari Pul va Juzjon viloyatlarini bog’lab turuvchi hududlardir.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG