Breaking News

"Paxta kampaniyasi": O'zbekistonda majburiy mehnatga chek qo'yish kerak


"Paxta kampaniyasi" va O'zbekiston: Maqsad nima?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:28 0:00

"Paxta kampaniyasi" va O'zbekiston: Maqsad nima?

O'zbekiston hukumatiga ko'ra, bu yilgi paxta rejasi ortig'i bilan bajarildi - uch yarim million tonna. Milliy boylik asosan qo'lda terib olindi. Davlat pozitsiyasi shuki, oq oltinni terayotganlar hasharchilar, ko'ngillilar. Buni esa inkor etadiganlar cheksiz. Bu aslida ekspluatatsiya - fuqarolarni zo'rlab ishlatish, deydi ular.

O'zbekistonda majburiy mehnatga qarshi kurash olib borayotgan eng yirik kuch "Paxta kampaniyasi" (Cotton Campaign) deb nomlangan. Xalqaro koalitsiya. O'nlab bizneslar, nohukumat tashkilotlar, kasaba uyushmalari, ishbilarmonlar va sarmoyachilar kiradi. Bu harakat G'arbda asoslangan. Harakat Amerika hukumati, Jahon banki va Xalqaro mehnat tashkilotini O’zbekiston hukumatiga bosimni oshirishga undab keladi, toki tub islohotlar qilinsin.

“Paxta kampaniyasi” boshqaruvchisi Metyu Fisher-Deyli (Matthew Fischer-Daly) deydiki, O’zbekistonda majburiy mehnatga chek qo’yilmaganida hukumat aybdor. Bu shunday siyosat, rahbarlar javobgar, deydi suhbatdosh.

O’zgarishni hukumatning o’zi xohlamaydi, chunki arzon va tekin mehnatdan siyosiy doiralar manfaatdor; bu haqiqatni yashirib bo’lmaydi; majburiy mehnat qanchalik keng tarqalganini isbotlovchi dalillar cheksiz, qolaversa unga O’zbekiston xalqining o’zi muntazam ravishda guvoh, deydi Metyu-Fisher Deyli "Amerika Ovozi" bilan muloqotda.

"Paxta kampaniyasi" va O'zbekiston - Xalqaro harakat boshqaruvchisi bilan muloqot
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:27 0:00
Cotton Campaign/Forced Labor in Uzbekistan - VOA Uzbek Interview
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:35:58 0:00

“Paxta kampaniyasi” ning moliyaviy homiysi kim? Bu harakat kimning madadi bilan faoliyat yuritadi?

“O’nlab homiylarga egamiz. Ular monitoring va ma’lumot tarqatish, shuningdek, targ’ibot ishlari uchun mablag’ ajratib keladi, xususan Ochiq Jamiyat Jamg’armasi va AQSh Demokratik Jamg’armasi. Lekin faoliyatimizning uchdan ikki qismini koalitsiyamiz a’zolarining o’zi qoplaydi. Chunki ular majburiy mehnatdek noqonuniy amaliyotdan qutulishdan manfaatdor. Adolat va qonun ustuvorligi tarafdori. Halol va haqqoniy ishlash kerak, deydi. Majburiy mehnat evaziga terilgan paxta o’z mahsulotlarida ishlatilishini istamaydi.”

“Paxta kampaniyasi” O’zbekistonning ichida qanchalik quvvatga ega? U bilan faqat inson huquqlari faollari va himoyachilari ishlaydimi yoki tadbirkorlar ham bu harakatni olqishlaydimi?

“Aholi o’z fikrini erkin ayta olmasligi hammaga ma’lum. Shu bois ham jamoatchilik kim tarafda ekanini aniq bila olmaysiz. Biroq bizni quvvatlayotganlar ko’p ekani ayon, nafaqat faollar balki fermerlar, tadbirkorlar, sistema buzuq ekanini yaqindan biladigan va bundan zarar ko’rib kelayotgan doiralar.”

O’zbekiston hukumati nazarida “Paxta kampaniyasi” G’arb bizneslari tomonidan moliyalangan agitatorlar. Bu harakatning maqsadi ezgu emas, ular yechim tarafdori ham emas, balki grant evaziga safsatabozlik qilib kelayotgan guruh, deydi respublika rasmiylari. Rahbariyat “Paxta kampaniyasi” o’tkazgan namoyishlar, uning tavsiya va talablariga ko'z yumadi. Mety-Fisher-Deyli bunga nima deydi?

“Avvalo bizning nimaga urg’u berayotganimizga qarashsin. Faoliyatimizning biror maxfiy tomoni yo’q. Oshkora ishlaymiz. Hisobotlarimiz hammaga ochiq, xususan bizga qo’shiladigan va qo’shilmaydigan tomonlarga. Har bir informatsiya asosli. Qo’limizdagi hujjatlarga qarasangiz, paxta majburan terdirilayotganini ko’rasiz, chunki buyruq tepadan, hokimiyat va rahbarlardan keladi. Terimga chiqmagan odam o’qishdan yoki ishdan haydalishi haqida ogohlantiriladi. Bu ekspluatatsiya. Xalqaro va O’zbekiston qonunlarini buzish. Shu bois bizni yolg’onchilikda ayblashga hech qanday asos yo’q".

"Paxtadan tushgan daromad qayoqqa ketmoqda? Dehqon uning huzurini ko’rmayapti. Daromad haqida nega, masalan, O’zbekiston parlamentiga hisobot berilmaydi? Xalq bilmaydi pul qayerga ketayotganini. Moliya vazirligidagi maxsus fondga ketishi aytiladi, lekin ko’p narsa qorong’i…"

"Bizni Amerika bizneslari yollagan agitator deyish kulgili. Amerika paxta sanoati va O’zbekiston paxta sanoati bir-biridan juda uzoq. Ular raqobatchilar ham emas. Bizning biror bog’liq joyimiz yo’q. Biz kompaniyalar nomidan gapirmaymiz. Biz ularga aytamizki, siz majburiy mehnat evaziga terilgan paxtadan mahsulot ishlab chiqarishingiz yoki sotishingiz vijdonsizlik va qonunga xilof. Xomashyo ta’minotini tekshiring, paxta O’zbekistondan kelayotgan bo’lsa, bilingki, u odamlarni zo’rlab terdirilgan. Sarmoyachilar, bizneslar qonunlarni buzishni istaydimi? Javob berishga tayyormi? Ogoh bo’ling, deymiz. Ular bunga jiddiy qaraydi”.

G’arbda asoslangan 175 biznes hozirda O’zbekiston paxtasi ishlatilgan mahsulotlarni olmaslikka qaror qilgan va bu ro’yxat kengayib bormoqda.

Hukumat yuzlab yirik xaridorlar O’zbekiston oq oltinini xarid qilishga tayyor turganini bayon qildi. Talab yetarli, deydi rasmiylar. Xalqaro Mehnat Tashkiloti vaziyatni kuzatmoqda, respublika u bilan yaqindan ishlayapti.

Jahon Banki qishloq xo’jaligi rivoji yo’lida yuzlab million dollar kredit ajratgan. Bu sohani modernizatsiya qilish lozim, deydi bank ekspertlari. “Paxta kampaniyasi” nima uchun bu qarorlarni qoralayapti?

“Chunki Jahon Banki loyihalari puxta ishlab chiqilmagan va vaziyatni yaxshilash uchun xizmat qilishiga ishonmaymiz. O’zbekistonda tub islohotlar zarur. Dehqonga erkinlik berish kerak. Hozirgi tizimni butkul o’rgartirish kerak. Mexanizatsiya bilangina ish bitmaydi. Hukumatga keskin shartlar qo’yish kerak. Paxta siyosatida burilish bo’lmas ekan, berilayotgan kreditdan amaldorlargina foyda ko’radi. O’zbekistondagi ahvolni bilgan odam buni tushunmasligi mumkin emas”.

“Paxta kampaniyasi” aniqlashicha, bu yilgi terim mobaynida olti kishi halok bo’lgan – baxtsiz hodisalar, loqaydlik va eng muhimi, majburiy mehnatga jalb etilgani sabab. Bolalar mehnatiga chek qo’yildi deb bong urilsa-da, deydi Metyu Fisher-Deyli, yosh avlod ham, kattalar ham terimga zo’rlab olib chiqilgani qayd etildi.

"Paxta kampaniyasi" (Cotton Campaign) koordinatori Metyu Fisher-Deyli (Matthew Fischer-Daly) "Amerika Ovozi" muxbiri Navbahor Imamova bilan suhbatda, 21-oktabr, 2015
"Paxta kampaniyasi" (Cotton Campaign) koordinatori Metyu Fisher-Deyli (Matthew Fischer-Daly) "Amerika Ovozi" muxbiri Navbahor Imamova bilan suhbatda, 21-oktabr, 2015

O’zbekistonning hamkorlari, jumladan AQSh va Yevropa Ittifoqi bundan xabardor, muammoni Toshkentga eslatib turadi, lekin rasmiylar bu masalani O’zbekiston xalqining o’zi hal etishi kerak, deydi. Paxta bu yurtning asosiy boyligi ekan, muammo ham shunchalik dolzarb, yechim ham jamiyat qo’lida, degan gaplarni eshitamiz.

“Paxta kampaniyasi” boshqaruvchisi nazarida Amerika va Yevropa mutasaddilari bu bilan qutula olmaydi. O’zbekiston xalqi bu borada ularning yordamiga muhtoj, deydi Metyu Fisher-Deyli.

Jahon Banki va boshqa xalqaro tashkilotlar, Amerika hukumati va Yevropa, ular agar sidqidildan harakat qilsa, O’zbekistonda bu borada ulkan o’zgarishlar qilishga hissa qo’shadi, deydi faol.

Amerika-O’zbekiston Tijorat Palatasi yaqinda Vashingtonda biznes forum o’tkazib, AQSh sarmoyachilarini respublikaga taklif qildi. Toshkentdan kelgan yuqori martabali delegatsiya mamlakat imkoniyatlarga boy, sharoit talabga javob beradi, deya ishontirishga urindi.

“Paxta kampaniyasi” qiziqqan tomonlarga nima deyapti? Bormang, sarmoya qilmang, deyaptimi?

"Qiziqqan va allaqachon sarmoya qilgan bizneslarga gapimiz shuki, O’zbekiston - inson huquqlari muntazam ravishda buziladigan muhit. Ahvolni izchil o’rganib, zarur strategiya ishlab chiqing. Aks holda, siz ham qonunbuzarlik va huquqbuzarlikka aralashasiz va bu qimmatga tushishi aniq. Xodimlaringiz majburiy mehnatga jalb etilmasligini ta’minlang. Paxta terimi paytida sizni moliyaviy hissa qo’shishga majburlashmasin. Bunga qarshi ekaningizni ayta oling. Pora bermang, bunday talab bilan yuzlashsangiz, oshkor qiling, o’z davlatingizni xabardor qiling, chora ko’ring".

Ko’plab mutaxassislar fikricha, O’zbekiston iqtisodiyotida yangi yo’nalishlar ochilmas ekan, tizim diversifikatsiya qilinmas ekan, paxtaga tobelikdan qutulish qiyin. Ko’proq sarmoya kerak, toki iqtisod kengaysin, tarmoqlashsin.

“Paxta kampaniyasi” bunga qarshi chiqayotgani yo’q, deydi Metyu Fisher-Deyli. Biroq tub muammo hal etilmas ekan, majburiy mehnatni boshqa sohalarda ham ko’raverasiz.

“O’zbekiston hukumati odamlarni majburlab ishlatishni rasman va amalda bas qilmas ekan, harakatimiz to’xtamaydi. Biz uchun muvaffaqiyat - tuzum bu amaliyotni butkul bas qilishini ko’rish. Bolalar mehnatiga qonunan chek qo’yilgani ijobiy burilish bo’lgan, qisman muvaffaqiyat. Xalqaro mehnat tashkiloti vakolatxona ochib, u yerda ishlayotgani ham ijobiy hol, biroq hukumat BMT konvensiyalarini buzganida javobgarlikka tutilsin, aks holda nima foyda? Oson emas, bilamiz. Biz yordamga tayyormiz.”

Cotton Campaign and Forced Labor in Uzbekistan - Interview with VOA Uzbek
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:36:22 0:00

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi ilk teledasturlar muallifi. TV, radio va onlayn diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan, ya'ni respublikadan turib axborot berish imkoniyatiga yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, editor, web editor, and producer, she has covered Central Asia and America for nearly 20 years on TV, radio and online. For the last year, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the only and first-ever accredited U.S.-based journalist. Navbahor is also the founding President of the VOA Women’s Caucus. Educated in Uzbekistan, India, and at Harvard University, she was a 2016-17 Edward S. Mason Fellow at Harvard’s John F. Kennedy School of Government, where she also earned her Masters in Public Administration. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003 and has since presented more than 800 editions of the flagship weekly show “Exploring America,” which covers American foreign policy for some 40 million Uzbek speakers worldwide, focusing on U.S. relations with Central Asia and life and politics in the United States. She has co-hosted VOA-wide special broadcasts for a global audience. She has received multiple awards for excellence in broadcasting, including the VOA Gold Medal in 2010. As a multimedia journalist, with millions of viewers, listeners, followers, and fans, Navbahor writes and speaks frequently on Uzbek domestic politics, foreign policy, and society, as well as regional issues in Central Asia, for policy, academic, and popular audiences. Her essays have appeared in leading journals, including Foreign Policy, The National Interest, and The Diplomat, and she has lectured at institutions including the U.S. Foreign Service Institute, Columbia University, Johns Hopkins University, Georgetown University, and George Washington University. Navbahor began her career at the Uzbek state broadcaster as a reporter and producer. She taught journalism at her alma mater, the Uzbek State University of World Languages in Tashkent, and then earned a B.A. in journalism and mass communication from Maharaja’s College at the University of Mysore in India. A recipient of the Edmund Muskie Fellowship, she earned her MA in journalism from Ball State University. In 2009, Ball State’s journalism department named her an Outstanding Young Alumna.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG