Breaking News

So'x: O'zbekistondan olisdagi O'zbekiston


So'x daryosi: O'zbekiston va Qirg'iziston orasidan oqadi

Bu - O'zbekistondan tashqaridagi O'zbekiston. So'x singari bir necha eksklav bor, ya'ni atrofi butkul xorijiy davlat hududi bilan o'ralgan tuman yoki qishloqlar.

So'x ular orasida eng kattasi. Qirg'iziston ichida. Bu respublika uchun anklav. 70-80 ming aholi uchun katta O'zbekiston tomon yagona yo'l bor.

U qay ahvolda? Eksklav/anklavdagi bugungi sharoit, imkoniyatlar va tirikchilik qanday? So'xdan maxsus dasturimizning birinchi qismi shu haqda.

So'x ekslaviga qanday boriladi? Hozirgi mashaqqatli yo'lda hikoyalar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:27:02 0:00
O'zbekiston eksklavlarida: So'x ahlining asosiy dardi nima?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:27:26 0:00
So'x ahli Prezident Shavkat Mirziyoyevga ishonadi. Biroq O'zbekiston rahbari eksklav uchun eng katta masala nima ekanini bilarmikan? Biladi va fuqarolar manfaati yo'lida Qirg'iziston bilan yaqin kelajakda kelishadi, deya umid qilmoqda aholi.

Tumanga borish yoki undan chiqish uchun Botkent viloyatining Qadamjoy tumani orqali 70 kilometrcha yurasiz. So'xliklar tranzit yo'lovchi sifatida to'xtamay o'tishadi. Bu hududda oldin etnik nizolar chiqqani sabab odamlar biror joyda mashinadan tushib, noxush hollar yuzaga kelishini istamaydi.

2013-yilgacha Rishton orqali yurish mumkin edi. Qisqaroq va qulayroq yo'l edi. Lekin olti yil oldin hududda kuzatilgan etnik kelishmovchiliklar sabab bu yo'l berk. So'xliklar uning ochilishini istaydi.

"Hozir vaziyat tinch. Qirg'iz-o'zbek bir-birini dushman deb bilmaydi. Xususan so'xliklar qirg'izlar bilan bor-keldi qiladi. Yo'l ochilsa, hammamiz xursand bo'lamiz", - deydi mahalliy faollardan biri "Amerika Ovozi" bilan suhbatda.

"Yuqorida o'tirganlar, davlat rahbarlari dardimizni bilarmikan?"

Ikkinchi qismda So'x bo'ylab sayohat qilamiz. Odamlar Prezident Shavkat Mirziyoyevdan e'tibor uchun minnatdor. So'xliklar unga ishonadi.

Biroq prezident eksklav uchun eng katta masala nima ekanini bilarmikan? Bilsa, biror yechimi bormi? Bu tuman ahlining og'ir dardi uning O'zbekistondan jismonan ajralib qolganida emas. Muammo So'xdan O'zbekistonga borib-kelish, tumanga kirib-chiqish qiyinligidir.

Asosan tojiklar yashaydigan bu hudud aholisi qariyb 80 ming. O'zbekiston fuqarosi ekani bilan faxrlanmaydigan, davlat tilida gaplashmaydigan biror odamni uchratmadik.

Odamlar, umuman olganda, turmushidan nolimaydi. So'x qashshoq hudud emas. Lekin dunyoga yopiq.

"Biz ham O'zbekistonmiz", - deydi bir so'xlik.

"Ochilsak, turizm gurkiragan bo'lar edi", - deya umida qiladi yana biri.

"Hammasi yaxshi, lekin asosiy gap bu yerda yo'lda...", - deydi bir nuroniy.

"Amerika Ovozi" So'x hokim o'rinbosari Ochaxon To'xtaboyeva, "Mahalla" jamg'armasi rasmiylari, mahalla kengashlari faollari, nuroniylar, So'x TV jurnalistlari va oddiy odamlar bilan muloqot qildi.

Ularning hammasi asosiy masalada yakdil: So'xga kirib-chiqish osonlashsa, boshqa dolzarb muammolar birma-bir hal bo'ladi.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi"ning yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for nearly 20 years on TV, radio and online. For the last year, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented over 800 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and The Atlantic. Imamova also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at the Uzbek state broadcaster in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Facebook Forum

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG