Breaking News

O'zbekistonda paxta terimini XMT nomidan 400 dan oshiq kishi kuzatadi


O'zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rasmiylari hamda Xalqaro Mehnat Tashkiloti vakili Toshkentda jurnalistlar va huquq faollari bilan muloqot qildi. 13-sentabr, 2019.
O'zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rasmiylari hamda Xalqaro Mehnat Tashkiloti vakili Toshkentda jurnalistlar va huquq faollari bilan muloqot qildi. 13-sentabr, 2019.

Majburiy safarbarlik allaqachon boshlangani haqida ma'lumotlar kelayotgan O'zbekistonda bu yilgi paxta kampaniyasini Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) doirasida 400 nafardan oshiq mutaxassis va faol kuzatadi. Bu haqda O’zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziriligi va bu tashkilot Toshkentda o’tkazgan matbuot anjumanida ma'lum qiindi.

Paxtaga bu yil hech kim zo'rlab olib chiqilmaydimi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:19 0:00
Yuklab oling

O’zbekistonda har yili 2,5 milliondan oshiq aholi ishtirokida terib olinayotgan paxtaning asosiy xaridori davlatdir va bu holat bu yil ham o’zgarmagan. Fermer paxtani yetishtirib beradi, hosilni yig’ib olish hukumat zimmasida.

Davlat bu vazifani azaldan aholini - korxona va tashkilotlar ishchilarini terimga majburiy safarbar qilish bilan bajarib kelgan.

Bu yilgi terim mavsumi bundan mustasno bo’lishi aytilmoqda. Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o’rinbosari Nodir Yoqubov va terim uchun bevosita mas’ul viloyat hokimlari bu haqda bayonot bergan.

Avvalroq Prezident Mirziyoyevning o’zi bu yilgi paxta mavsumiga budjet tashkilotlari xodimlari olib chiqilmasligi haqida ko’rsatma bergan edi.

XMTning O’zbekistondagi yetakchi eksperti Yonas Astrup terimni yaqindan kuzatib, xolis axborot berish va tahlil qilishga bel bog'laganini aytadi.

O'zbekistonda majburiy mehnatga qarshi kurashib kelayotgan xalqaro koalitsiya - "Paxta kampaniyasi"ga ko'ra esa o’tgan haftadan davlat korxona va tashkilotlarining ishchilari terimga jlab etila boshlagan.

Bu yil paxta terimi davrida monitoring qanday kechishi haqida Toshkentda muhokama, 13-sentabr, 2019
Bu yil paxta terimi davrida monitoring qanday kechishi haqida Toshkentda muhokama, 13-sentabr, 2019


Hokimliklar korxona va tashkilotlarga paxta terimi uchun xodimlar ajratishga ko’rsatma berayotgani, paxta terimiga o’z xohishi bilan chiqishga doir arizalar yozdirib olinayotgani xususida xabarlar bor.

Ayrim nashrlar esa ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar ham mahalla qo’mitalari tomonidan paxta terimiga chiqishga majburlanayotgani haqida yozishgan.

Terimni monitoring qilishda mahalliy inson huquqlari tashkilotlari ham qatnashadi. XMT ularni bu jarayonga o'tgan yili ham jalb etgan edi. Tashkilot tahlilicha, majburiy mehnat ko'lami O'zbekistonda yil sayin torayib bormoqda. Mamlakatda bu muammoga qarshi jiddiy kurash davom etmoqda, deydi Yonas Astrup.

Jizzaxdan huquq himoyachisi Ziyoviddin Razzoqov vaziyatni shunday izohlaydi:

“O’zbekiston agrar respublika, har bir viloyatda paxta dalalari bor. Agar ular terim monitoringiga huquq himoyachilarini jalb etishmoqchi bo’lishsa, bundan bizni xabardor qilishardi, chunki viloyatda juda sanoqli huquq himoyachilari bor. Har holda ular bizga o’xshaganlarni emas, fuqarolik jamiyatini o’rganish institutidan vakillarni chaqirishsa kerak”.

O'zbekiston dalalarida (2016)
O'zbekiston dalalarida (2016)

Razzoqov nazarida bu yilgi paxta kampaniyasi nisbatan kechroq boshlanmoqda, ammo hasharchilar uchun dalada shiyponlar, yotoq joylari hozirlangan, jumladan u yashayotgan Jizzax viloyatida ham.

“Hozircha ta’lim maskanlarida, jumladan Jizzaxda paxta kampaniyasi haqida biron gap yo’q. Masalan, hech kim kelib paxta terimiga o’z xohishing bilan chiqasan deb ariza ham yozdirgani yoki targ’ibot-tashviqot qilgani kuzatilmaydi. Viloyatda hali ommaviy ravishda terim boshlanmadi, terim o’tgan yilga qaraganda kechikmoqda. Albatta, ommviy terim kampaniyasi boshlangandan keyin vaziyatni ko’ramiz, prezidentni majburiy mehnatga jalb qilmaslik haqidagi ko’rsatmasiga qanchalik amal qilinayotganini kuzatamiz. Lekin hozirdanoq paxta terimiga kelayotgan ishchilarga yotoq joylari qurilgan, ya’ni uzoq joydan kelib, yotoqda qoladiganlar uchun ham”, - deydi Razzoqov.

O’zbekiston paxta xom ashyosi yetishtirish bo’yicha dunyodagi yetakchi davlatlarda biri. Shu bilan bir qatorda O’zbekiston zamonaviy qullikning turi sifatida e’tirof qilingan majburiy mehnat qo’llanilishida ham yetakchi o’rinlarni band etib kelgan.

So’nggi yillardan bu vaziyat o’zgardi. O’zbekiston XMT bilan majburiy mehnatga qarshi kurash bo’yicha hamkorlikni yo’lga qo’ydi. Ta'lim va sog'liqni saqlash tizimi xodimlarini terimga olib chiqilishiga chek qo’yildi. Hukumat paxta terimi uchun berilayotgan haq miqdorini ko’tardi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG