Breaking News

Turkiyadagi o‘zbekistonliklarga yordam berayotgan “Yelkadosh”


Istanbul, Turkiya

“Jamiyatimizni tashkil qilishga turtki bergan og‘riqli bir voqea bo‘lgan. Do‘stimiz Beknazar Rahmatov menga murojaat qilib, ikki o‘zbek ayolining gaplarini yetkazdi. Karantin, pandemiya davrida ular aytibdi, biror turk erkagi yo‘qmi, bizga ozgina pul bersa-da… Tushundingiz gap nimadaligini. Ya’ni o‘zbek ayoli bu yerga kelib, qiyin vaziyatga tushyapti-da, arzimagan pulga, bir burda nonga o‘zining tanasini berishga tayyor. Sotishga emas, berishga. U aytayotgan summa arzimagan pul. Bunday vaziyatda qanday jim qarab turishimiz mumkin?..”

Turkiyaning Istanbul shahridagi “Yelkadosh” jamiyatining asosiy maqsadi – qiyin ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga yordam berish. Jamiyat faollari avvaliga ko‘mak uchun Turkiyadagi jamg‘armalarga murojaat qilishdi, hozir xayriyalarni asosan homiylar yordamida amalga oshirishyapti.

Jurnalist Sanjar Saidga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi davrida yordamga muhtojlar soni ortgan. Pandemiya tufayli joriy etilgan karantin cheklovlarining asosiy zarbalarini aynan mehnat muhojirlari qabul qilib oldi, deydi u. Oqibatda muhojirlar kundalik daromadlaridan mahrum bo‘lgan.

"Yelkadosh" - Turkiyadagi o'zbekistonliklarga madad ko'rsatayotgan jamoa
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:01 0:00

“Karantin choralari bir-ikki oy davom etganida balki o‘zlarini eplab olgan bo‘lardi. Uzoq davom etgani tufayli butkul pulsiz, chorasiz ahvolda qolishdi yurtdoshlarimiz, ayniqsa ayollar. Bu holatga befarq bo‘lmagan bir guruh ko‘ngillilar mana shu jamiyatni ochishga qaror qildik, – deydi Said.

"Biz birinchi navbatda ayollarga, ayniqsa, bolali ayollarga, so‘ng oilalar, talablar va oxirida erkaklarga yordam bera boshladik. Asosiy yordamimiz oziq-ovqat yoki süpermarket kartalarini tarqatishdan, qolaversa, moddiy yordamdan iborat bo‘ldi. Qiyin ahvolga tushgan, O‘zbekistonga qaytishga majbur bo‘lgan bir qancha yurtdoshlarmizga maxsus charter reyslarga chiptalar olib berdik”.

O‘zbekistonlik bloger, mehnat faoliyatini Istanbulda olib borayotgan Beknazar Rahmatovning aytishicha, koronavirus pandemiyasi davrida Rossiyaga qatnovning cheklanishi oqibatida o‘zbekistonlik mehmat muhojirlariing Turkiyaga oqimi ortdi. Kelayotganlar orasida har xil odam bor, deydi u.

“Rossiyaga chipta narxi qimmat. O‘zbekistonliklar avval poyezdda, avtobusda, yengil mashinada ham ketardi. Hozir faqat samolyotda ikki-uchta reys bor, xolos. Shu sababli ham Turkiyaga o‘zbek mehnat muhojirlari oqimi ko‘paydi. Bu yerga kelgan ko‘p erkaklar ishlay olmadi, chunki bu yerda oylik maosh boshqacha, sharoit boshqacha, – deya tushuntiradi bloger.

"O‘zbekiston fuqarosi Turkiyaga bitta qizil pasport bilan kelsa, bo‘ldi. Uni hech kim savol-javob qilmaydi, nima maqsadda kelyapsan demaydi. Masalan, Rossiyada so‘raydi, Ukrainada ham xuddi shunday. Puli yo‘qligi uchun Ukrainadan ham, Belorussiyadan ham qatarib yuborilgan o‘zbeklarni shaxsan taniyman. Turkiyada unday emas. Qo‘pol bo‘lsa ham aytay, Turkiyaga o‘g‘ri ham, firibgar ham, xullas, har xil odam kelyapti. O‘zbekistonda qing‘ir ishlar bilan shug‘ullanganlar bu yerda ham o‘sha ishlarini davom ettiryapti. Buni tartibga solishning iloji yo‘q. Shaxsan meni ham aldamoqchi bo‘lganlar qanchadan-qancha, soxta pul berib ketmoqchi bo‘lishadi”.

Sanjar Said O‘zbekistondan birinchi martra kelayotgan mehnat muhojirlarining asosiy qismi turk tilini ham, mahalliy qonunlar va o‘z huquqlarini ham bilmasliklarini, puch va’dalarga ishonganlar esa qiyin avholga tushib qolayotganini aytadi.

“Bu yerga kelgandan keyin qonuniy asosda yashashi va mehnat qilishi kerak. Ko‘pchilik yurtdoshlarimiz O‘zbekistonda moddiy jihatdan qiynalgan bo‘ladi, ular kelganida qo‘llarida jamg‘armasi bo‘lmaydi. Bir tiyin puli yo‘q. O‘sha holatda ko‘chada qolib ketishi ham mumkin, – deydi faol.

"Ular “Yelkadosh”ga o‘xshagan jamiyat borligini hali O‘zbekistondaligidayoq, bu yerga kelmay turib bilishi kerak. Mabodo qiyin vaziyatga tushib qolsam ular bilan bog‘lanaman degan fikr bo‘lsin. Qaniydi imkomiyatimiz kengroq bo‘lsa-yu, yurtdoshlarimizga ko‘proq yordam bera olsak. Pulsiz qolganlarga pul, boshpanasiz qolganlarga boshpana, och qolganlarga oziq-ovqat bersak. Aqalli ishonch, umid, dalda bersak”.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG