Breaking News

Markaziy Osiyo: Hukumatlar birdamlik ahamiyatini tushunib yetdi


Markaziy Osiyo o’lkalari rahbarlarining 15-mart kuni Ostonada o’tadigan uchrashuvi o’zaro hamkorlik yo’lida o’zgacha ahamiyat kasb etishi kutilmoqda.

Mintaqaviy birdamlik zamon talabi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:14:43 0:00

So’ngi paytlarda ikki tomonlama muzokaralarda baralla yangrayotgan do’stlik, birdamlik shiorlari va qator dolzarb masalalarning yechilishi ortidan siyosiy-iqtisodiy integratsiya jarayoni ko’zga tashlanadimi? Qardosh davlatlarning aloqalarini yangi darajaga ko’tarish borasida qanday imkoniyatlar hamda muammolar mavjud?

Bishkekdan siyosatshunos O’rozbek Moldaliyevning fikricha, Sovet Ittifoqi inqirozi ortidan mintaqada paydo bo’lgan yosh davlatlarda qo’shni o’lkalar bilan yaqin hamkorlik tajribasi bo’lmagan. Ular o’zlari bilgancha milliy yuksalish g’oyalari bilan band bo’lib, ko’p hollarda qo’shnilar bilan manfaatlar qarama-qarshiligi kuchayib borgan.

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti, 2017
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti, 2017

Keyingi yillarda rasmiy Toshkentning tashqi siyosatidagi keskin o’zgarish mintaqaviy hamkorlik uchun keng ufq ochdi. Qolaversa, tomonlar tig'iz aloqalar zaruriyatini tushunib yetdi, tegishli tajriba ham shakllandi.

Suhbatdosh deydiki, o'zaro imkoniyatlardan samarali foydalanish mintaqa iqtisodiyotini tez sur’atlar bilan ko’tarishga shart tuzadi. Birdamlik muhiti ayniqsa tashqi xatar-tahdidlarga qarshi turishda alohida ahamiyat kasb etadi.

Aksar kuzatuvchilar fikricha, O’zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning yangicha siyosati, aniqrog’i, qo’shnilar bilan murosaga intilish mintaqa davlatlarining elitasida ham tegishli kayfiyat ildiz otishiga hissa qo’shdi.

Qirg’iziston parlamentining deputati Anvar Ortiqov deydiki, mintaqa xalqlarining muloqoti yo’lida to’siqlar bo’lmasligi lozim.

“Turli sohalarda tig’iz aloqalar o’rnatish va ularni taraqqiy ettirish uchun mamlakatlarimizda tegishli qonuniy baza mavjud. Qonunlar tuzib bergan imkoniyatlarni amalga oshirish davlat tizimlariga bog’liq”, - deydi deputat.

Suhbatdoshlarga ko’ra, yagona iqtisodiy-siyosiy kenglik tuzish yo’lida mintaqa o’lkalari Yevropa Ittifoqining tajribasini inobatga olgani ma’qul. Qadimiy birdamlik, yagona tarix, yagona din, madaniyatlar yaqinligi esa bu o’rinda mustahkam poydevor vazigasini o’taydi.

Aytish joizki, shu paytgacha ayrim buyuk davlatlar mintaqa mamlakatlari hamkorligini izga solish harakatida bo’lgan. Aytaylik, AQSh “5+1” formatida muloqot tashkil qilgan. Tahlilchilar fikricha, bu qadam jiddiy natija bermagan.

Ko’pchilik mutahassislar tashabbus mintaqa o’lkalarining o’zlarida bo’lgani ayni muddao, deya ta’kidlamoqda.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG