Breaking News

Londondagi aql markazi bugungi O'zbekistonni qanday baholamoqda?


Londondagi Tashqi siyosat markazi O'zbekiston haqida maxsus tahlilnoma chop etdi
Londondagi Tashqi siyosat markazi O'zbekiston haqida maxsus tahlilnoma chop etdi

Londonda asoslangan Tashqi siyosat markazi shu kunlarda O'zbekiston haqida maxsus tahlilnoma chop etdi. "Spotlight on Uzbekistan" (O'zbekistonga yaqindan nazar) deya nomlangan nashr 161 betdan iborat bo'lib, 15 muallifning maqolalarini o'z ichiga oladi.

Loyiha rahbari va bosh muharrir Adam Xag xulosani shunday bayon etadi:

"O'zbekistondagi islohotlar real, lekin ochiq iqtisodiyot, plyural siyosat va erkin jamiyatga aylanish uchun O'zbekiston hali ko'pdan-ko'p, salmoqli qadamlar tashlashi zarur".

Xagning Toshkentga savoli: Prezident Shavkat Mirziyoyev hozirgi islohotlar bilan avtoritar tuzumni zamonaviylashtirmoqchimi yoki O'zbekistonni yangi, demokratik bosqichga olib kirib, sistematik burilishlar tomon yetaklamoqchimi? Bu savol G'arbda ilk bor yangrayotgani yo'q. AQSh va Yevropadagi aql markazlari Mirziyoyev va uning ma'muriyatiga islohotlar boshlanganidan beri shunday savollar berib keladi.

Xag deydiki, uning tashkiloti chiqargan tahlilnoma qator yutuqlarni e'tirof etadi, jumladan, bugungi O'zbekistonda siyosiy-iqtisodiy maydon kengaygan, davlatning fuqaro hayoti ustidan nazorati sal bo'lsa-da pasaygan, so'z va matbuot erkinligi bobida mamlakat oldinga siljigan, faollar ovozi balandlashgan, har bir soha egasining roli oshgan va jamiyatda dolzarb masalalar muhokamasi hozirda kengroq tus olgan, xususan ommavy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda. O'zbekiston ichkaridan ochila boshlagani uni dunyoga ham kengroq ochdi, deydi Xag, va bu davlatga e'tiborni oshirdi.

"Amerika Ovozi" ekspertga qator savollar bilan murojaat qildi.

"Amerika Ovozi": Bu tahlilnoma nega aynan hozir chiqdi?

Adam Xag: O'zbekiston meni azaldan o'ziga tortib kelgan va unga yaqindan tahliliy nazar tashlashni xohlab kelganman. Markaziy Osiyoni o'rganishni boshlaganimdayoq bir kun shunday imkoniyat bo'ladi, deya umid qilgan edim. Hozirda, bilasiz, xalqaro maydonda yangilik asosan salbiy. O'zbekistonda esa 2016-yildan beri ancha ijobiy o'zgarishlar bo'ldi. Shuning uchun ularga yaqinroq va chuqurroq qarab, haqiqatda nima o'zgardi, nima o'zgarmadi, hukumatning aytayotganlari qanchalik rost va umuman bu davlatdagi hozirgi muhim jarayonlar nimadan iborat, deya izlandik.

"Amerika Ovozi": Mavzularni va mualliflarni qay asosda tanladingiz?

Adam Xag: Biz bu nashr mavzu va tahliliy jihatdan boy va serqirra bo'lishini istadik. Ko'plab ekspertlar bilan gaplashdik, xalqaro maydondagi hamda O'zbekistondagi. Kimlar qay masalani qanchalik o'rganganiga e'tibor berdik.

Bugungi O'zbekistondagi dolzarb masalalarni yoritib kelayotganlarni jalb qildik. Ammo biz bu nashrda olib chiqqan mavzulardan ham ko'proq masalalar bor va ularni ham o'rganishimiz kerak. Bu tahlilnoma asosan markaziy hukumat, iqtisod va mahalliy tizimlardagi o'zgarishlar va muammolarni aks ettiradi.

Demokratiya bobida nimaga erishilgani va erishilmagani; qonun ustuvorligi va inson huquqlarini ta'minlash; qiynoqlarga qarshi kurash; nohukumat tashkilotlar va fuqaro jamiyati taraqqiyoti hamda xotin-qizlar erkinligi, shuningdek, ozchilikdagi guruhlar haq-huquqlari borasida ham yozilgan.

Tahlilnomamizda O'zbekistonda majburiy mehnatga qarshi kurash qay nuqtada ekani, o'zbek paxtasiga nisbatan xalqaro boykot bekor qilinishi uchun qanday qadamlar tashlash zarurligi xususida ham to'xtalamiz.

Tizim bugun qanchalik oshkora va mas'uliyatli ekani va emasligiga, korrupsiyaga qarshi kurash qanday ketayotganiga, taraqqiyot loyihalarini amalga oshirishda fuqaro ovozi va dardi qanchalik hisobga olinayotgani va olinmayotganiga ham nazar tashladik.

O'zbekiston diplomatiyasi, xususan, Moskva, Pekin va Vashington singari yirik tomonlar bilan munosabatlar qay tarzda ketayotganini ham tahlil qildik.

Londondagi Tashqi siyosat markazi chiqargan tahlilnoma mundarijasi
Londondagi Tashqi siyosat markazi chiqargan tahlilnoma mundarijasi

"Amerika Ovozi": Demak, sizningcha, hozir O'zbekiston qay bosqichda? Xulosa?

Adam Xag: Har bir maqolada o'ziga xos xulosani ko'rasiz va tavsiyalar berilgan. Mening xulosam shuki, islohotlar O'zbekistonda real, biroq Prezident Mirziyoyevning o'zi aytganidek, ochiq iqtisodiyot, turli fikr-qarashlarni o'z ichiga olgan siyosiy maydon va shu tariqa erkin jamiyat qurish uchun hali juda ko'p ishlar qilinishi kerak. Hozirgi islohotlar avtoritar tizimni modernizatsiya qilishdan nariga o'tadimi? Ko'ramiz.

Hozirgacha erishilgan yutuqlarga qarab aytish mumkinki, jamiyat oldingiga qaraganda erkinroq. Konstruktiv tanqidga toqat qilinmoqda va hukumat fuqaro bilan hisoblashishga harakat qilayotgandek. Lekin tegilmayotgan masalalar hamon talay. Iqtisodning katta ulushi rahbariyatga yaqin tomonlar qo'lida ekani, sistematik shaffoflik yetishmasligi, korrupsiya chuqur ekani - bular O'zbekistonga nisbatan oxirgi yillarda kuchaygan ijobiy e'tibor qatorida katta savollar ham tug'diradi.

COVID-19 pandemiyasi vaziyatni shubhasiz yanayam murakkablashtirib, tizimdagi nuqson va tub muammolarni yanada oydinlashtirdi. Aholi bu davrda yanayam qiynalar ekan, norozilik hissi ham kuchaygan.

Islohotlarda yana bir omilni, yo'nalishni, chetga surib bo'lmaydi. Karimov davridagi haqsizlik va adolatsizliklar qachondir ochiq muhokamaga chiqishi kerak. Xalq yangi davrga o'tishi uchun yaqin o'tmishdagi muammolar va xatolar ijtimoiy-siyosiy tahlil qilinishi kerak bo'ladi. Jabr ko'rganlarning dardini tinglash, adolatni ta'minlash va kelajakda bunday muammolarning oldini olish. Tahlilnomamizda bu mavzu ham yoritilgan.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Facebook Forum

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG