Breaking News

Oq uy O'zbekiston bilan yaqindan ishlashga bel bog'lagan


Oq uy, 16-may, 2018
Oq uy, 16-may, 2018

Oq uyda Prezident Donald Trampning Markaziy va Janubiy Osiyo bo'yicha maslahatchisi, Milliy Xavfsizlik Kengashida mintaqa uchun mas'ul Liza Kurtis o'tgan hafta O'zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonda safarini tashkillashtirish ortida turgan asosiy rasmiylardan biri. Rasmiy tashrif qanday kechganini Vashingtonda undan yaxshiroq biladigan odam yo'q desak xato bo'lmaydi. "Amerika Ovozi" bilan suhbatda Kurtis xonim nafaqat uchrashuvlar balki bugungi yaqinlik ortidagi omillar haqida ham so'zladi. AQSh nazarida O'zbekiston o'zgarishda, yangilanishda davom etadi.

Oq uy: O'zbekistonda katta o'zgarishlar bo'lishiga ishonamiz
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:24 0:00

Oq uy, Milliy Xavfsizlik Kengashi, 18-may, 2018

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Biz bilan gaplashishga vaqt topganingiz uchun rahmat.

Liza Kurtis, Oq uy: Bajonidil, juda mamnunman.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": AQSh-O'zbekiston aloqalarida juda muhim bir haftaga guvoh bo'ldik. Prezident Mirziyoyevning tashrifidan qanchalik qoniqdingiz?

Liza Kurtis, Oq uy: Tashrif juda yaxshi o'tdi. Ikki rahbar til topishdi. Muloqot sermazmun va sermahsul kechdi. Avvalo prezidentlar o'zlari gaplashib olishdi, keyin esa vazirlar bilan kengroq doirada, keng qamrovli muzokara bo'ldi. Afg'oniston, harbiy hamkorlik, iqtisod va biznes, huquq va islohotlar - uchrashuvda bularning hammasi muhokama qilindi.

Ikki rahbar til topishdi.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Prezident Tramp Oval kabinetida gapirganida, harbiy hamkorlikni tilga oldi, urg'uni shunga berdi. Bu esa ko'plab savollar uyg'otdi. Bilasiz, huquq tashkilotlari birgalikda va alohida prezidentni huquq bilan bog'liq masalalarga e'tibor berishga undagan edi. Qancha vaqt ajratildi bu mavzuga?

Liza Kurtis, Oq uy: Huquq masalasi 15-20 kishi ishtirokidagi keng qamrovli muzokarada ko'tarildi. Bu yig'inda diniy erkinlik bo'yicha maxsus elchimiz Sem Braunbek ham qatnashdi. Bu arbobni biz ataylab shu muhokama uchun taklif qildik. Prezident Mirziyoyev bu boradagi ijobiy qadamlarni tilga oldi. Siyosiy mahbuslar ozod etilgani, bolalar mehnati va majburiy mehnatga qarshi choralar, axborot vositalaridagi ochilish. Bilasiz, "Amerika Ovozi" O'zbekistonda akkreditatsiya qilindi. Matbuot erkinligi bobida astalik bilan siljishlar bor. O'zbekistonda progressga guvohmiz. Bu haqda davlat rahbaridan eshitdik. Lekin muammolar va savollar talay, ayniqsa diniy erkinlik yuzasidan. Bu sohada ham oldinga qadam tashlanadi degan umiddamiz. O'zbekiston qay yo'ldan ketayotganini tushuntirdi. Qizg'in muhokama kechdi.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": O'zbekiston delegatsiyasi, xususan Prezident Mirziyoyevning o'zi ham, islohotlar davridagi qiyinchiliklar haqida gapirishga tayyor ekanini aytdi. Muloqotda, masalan, qanday qiyinchiliklar haqida gap ketdi?

Liza Kurtis, Oq uy: Diniy erkinlik masalasidagi qiyinchiliklarga to'xtalishdi. O'zbekiston uchun bu nozik masala ekani aniq. O'zbekiston bu borada, bilasiz, Davlat departamentining diniy erkinlik haqidagi hisobotida "alohida xavotirga molik mamlakat" deb belgilangan. Yaqin oylarda bu borada progress bo'ladi degan umiddamiz. O'zbekiston oldidagi sinov bu.

Diniy erkinlik masalasidagi qiyinchiliklarga to'xtalishdi. O'zbekiston uchun bu nozik masala ekani aniq.

Mirziyoyev e'tiborni O'zbekiston shu kungacha bosib o'tgan yo'lga qaratdi. U rahbarlikka kelganiga bir yarim yil bo'ldi. Islohotlar boshlab, qo'ldan kelgan barcha ishlarni qilmoqda. O'zgarish qilish uchun vaqt kerak.

Islohotlar samara berishi uchun vaqt kerak. Biz bu haqda gaplashdik. Qolaversa, Afg'oniston masalasi ham muhim. Harbiy hamkorlik haqida eslatdingiz. Prezident Tramp uchun bu masalalar juda muhim.

President Donald Trump meets Uzbek President Shavkat Mirziyoyev in the Oval Office of the White House, Wednesday, May 16, 2018, in Washington. (AP Photo/Evan Vucci)
President Donald Trump meets Uzbek President Shavkat Mirziyoyev in the Oval Office of the White House, Wednesday, May 16, 2018, in Washington. (AP Photo/Evan Vucci)

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Kecha (17-may) Prezident Mirziyoyev Mudofaa vazirligida bo'ldi. Bir kun oldin AQSh va O'zbekiston orasida yangicha strategik hamkorlik boshlanmoqda, deya e'lon qilindi. Qo'shma bayonotni o'qidik. Bu qanday kelishuv? Imzolanmagan, shundaymi?

Liza Kurtis, Oq uy: Maqsad - strategik sheriklikning yangi davrini boshlash. 16 yil oldin shunday kelishuvga erishilgan. Shundan beri hamkorlik avj olgan, pasaygan davrlar bo'lgan. Bu rasmiy tashrif yangi sahifa ochdi. Bu bir kelishuvdan iborat narsa emas, lekin qo'shma bayonot bu sheriklik ortidagi maqsad va manfaatlarni o'z ichiga oladi. Uning kuchi shunda, ya'ni dunyoga biz, ikki davlat, qator muhim yo'nalishlarda birga ishlaymiz va bir-birimizni yaqindan quvvatlaymiz, deya bayon etdik. Ishonchli sheriklar bo'lishga bel bog'laganmiz.

Ishonchli sheriklar bo'lishga bel bog'laganmiz.

O'zbekistonning AQSh bizneslariga qiziqishi katta. Muzokaralardan ayonki, AQSh O'zbekistonda iqtisodiy erkinlik va imkoniyatlar kengayishini istaydi. Islohotlar boshlangan, bilamiz, lekin hali ko'p harakat qilish kerak. Intellektual mulkka egalik huquqi borasida, masalan, dadil qadamlar tashlanishi kerak. Kompaniyalarimiz kirishi uchun bu o'ta zarur talab. Qonun ustuvorligi nihoyatda muhim. Shartnomalar buzilmasligi va bitimlar belgilanganidek amalga oshishi kafolatlanishi zarur. Prezident Mirziyoyev bu borada katta islohotlar qilmoqchi, buni olqishlaymiz. U tashqaridan ko'proq sarmoya jalb etmoqchi. Buning uchun esa mamlakatdagi biznes muhit va umumiy sharoit yaxshilanishi kerak.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Harbiy hamkorlikning shartlari nimadan iborat? O'zbekiston Shimoliy Ta'minot Tizimidagi (Afg'onistonga noharbiy yuk tashiladigan yo'nalish) hissasini oshirmoqchi, bilamiz. Bu borada bir necha yillik tajribaga ega. O'zbekiston, shuningdek, AQSh unga harbiy yordam berishini xohlaydi. Nimaga asosan?

Qonun ustuvorligi nihoyatda muhim. Shartnomalar buzilmasligi va bitimlar belgilanganidek amalga oshishi kafolatlanishi zarur.

Liza Kurtis, Oq uy: Har qanday harbiy hamkorlik huquq normalariga qanchalik rioya qilinayotganiga qarab beriladi. Biz avvalo bir-birimizning tizimlarimizni izchil o'rganib, mana shunday hamkorlikni qanday olib borish haqida kelishib olishimiz kerak. Qator masalalarda kelishib oldik, endi ularning ustida ishlashimiz kerak. Jarayon murakkab. Vashintonda ham qilinadigan ishlar ko'p - to'siqlar, masalan. Ular olib tashlanmas ekan, Prezident Trampning qo'li bog'langan. O'zbekiston bilan mudofaa va harbiy savdo bo'yicha hamkorlik qilish uchun bu yerda, siyosiy jihatdan, yo'l ochilishi kerak.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Kongress ma'qullashi kerak buni, to'g'rimi?

Liza Kurtis, Oq uy: Xuddi shunday. Har ikki tomon bunga erishish uchun ter to'kishi kerak. Potensial bor, xohish bor. O'zbekiston o'z chegaralarini mustahkamlash uchun yordamga muhtoj. Afg'oniston bilan chegara u qadar uzun emas, lekin borini ham himoya qilish kerak. Biz esa madad ko'rsatishni istaymiz. Terrorizmga qarshi kurashda yaqindan ishlashni istaymiz. Bu esa huquq-tartibot sohasi bilan bog'liq. Bu masaladagi har qanday kelishuv ikki tomonning manfaatlarini hisobga olishi zarur. Terrorizm har ikki tomon uchun birdek tahdid.

Har qanday harbiy hamkorlik huquq normalariga qanchalik rioya qilinayotganiga qarab beriladi.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Prezident Tramp va Prezident Mirziyoyev til topishdi, dedingiz. Amerika rahbari qachon Markaziy Osiyoga safar qiladi? Shu kungacha biror prezident mintaqaga bormagan. Hozirgidek damlarda odamlar Amerika rahbari qachon kelar ekan, deb o'ylanadi. Mintaqa AQSh uchun muhim degan gapni ko'p eshitamiz.

Liza Kurtis, Oq uy: To'g'ri, Tramp ma'muriyati uchun Markaziy Osiyo nihoyatda muhim mintaqa. Yanvar oyida Prezident Nazarboyev kelib ketdi, mana hozir O'zbekiston prezidenti. Region biz uchun ahamiyatli va u yerda ko'plab imkoniyatlar ko'ramiz. Rivojlanayotgan, yangi bozorlar ochilayotgan hudud. Amerika bizneslari va sarmoyasiga talab kuchli. Markaziy Osiyo o'zgarmoqda, ayniqsa O'zbekiston. Prezident Mirziyoyev boshchiligida islohotlar olib borilmoqda. Afg'oniston kelajagi ham bu mintaqa bilan bog'liq. Markaziy Osiyo qanchalik oldinga siljisa, Afg'oniston uchun shunchalik yaxshi.

Amerika rahbari qachon Markaziy Osiyoga safar qiladi?

Rossiya u yerda o'z ta'sirini saqlab qolishga harakat qilayotgani, Xitoy esa iqtisodiy ta'sirini oshirib borayotgani bejiz emas. Amerika ham o'z nufuziga ega bo'lishni, Yevrosiyoning yuragi hisoblanmish mintaqa bilan kuchli rishtalar bog'lashni xohlaydi. Prezidentimiz u yerga qachon borishini ayta olmayman, lekin ishonchim komilki, rahbariyatimiz Markaziy Osiyoga jiddiy qarab, uning ahamiyatini yuqori baholaydi.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Katta rahmat suhbat uchun!

Liza Kurtis, Oq uy: Sizga rahmat!

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Facebook Forum

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG