Breaking News

Xitoy Tolibonni tan olishga tayyor


Tolibon asoschilaridan biri Mulla Abdul G'ani Baradar va Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I, Xitoy, 28-iyul, 2021

AQSh Afg'oniston sarhadini tark etar ekan, dunyoning yana bir qudratli davlati Xitoy bu mamlakatdagi yangi hokimiyatni tan olish arafasida, ammo sarmoya qilishga shoshmaydi. Sarmoya deganda nafaqat iqtisodiy, balki xavfsizlik sohasi ham nazarda tutiladi. Pekin Kobuldagi yangi rahbarlar bilan aloqa qilishi, deydi Xitoy rasmiylari, Afg'onistonda tahdid yo'q, degani emas.

"Xitoy Tolibon bilan aloqada va bu yaqinlik Afg'oniston suvereniteti va barcha siyosiy taraflarga nisbatan hurmatga asoslangan. Biz Afg'onistonda tinchlik ravnaq topishida konstruktiv rol o'ynashni xohlaymiz", - deydi Hua Chunying, Xitoy Tashqi ishlar vaziri so'zlovchisi.

Pekin Tolibonni qonuniy hukumat sifatida tan olishga hozirlik ko'rmoqda, deydi rasmiylar. Iyul oyida harakat asoschisi Mulla Abdul G'ani Xitoy Tashqi ishlar vaziri Vang I bilan uchrashgan edi. Muloqot Tianjin shahrida kechgan.

1996-yilda Tolibon Kobulda qudratga kelganida va hukmronlik davrida Xitoy u bilan aloqa qilmagan.

Toliblar Xitoy bilan do'stona rishalar istashini va u bilan hamkorlikk tayyor ekanini aytib keladi. Ular bu davlatga nisbatan hech qachon tahdid qilmasligi haqida va'da bergan.

Ekspert Endryu Smoll tahlilicha, Pekin baribir xavotirda. Afg'oniston yanada notinch muhitga aylanishi, siyosiy va iqtisodiy oqibatlar xususida tashvishda, deydi u.

"Xitoy AQSh chiqsa shunday bo'lishi mumkin, deya anchadan beri taxmin qilgan. Tolibon bilan aloqalar o'tmishda keskin edi. O'zaro ishonch shakllanishi uchun vaqt kerak", - deydi Smoll.

Tolibonning tan olinishi uzoqni o'ylab qilinadigan qaror bo'ladi, deya mulohaza yuritadi u.

AQSh, Xitoy, Rossiya va Pokiston Afg'onistonda biror taraf kuch bilan hokimiyatga kelishiga qarshi ekanini bayon qilgan. Biroq hozirgi vaziyatda bu chaqiriq o'z ahamiyatini yo'qotgan.

AQSh Afg'oniston borasida Xitoy bilan muloqotda. Endryu Smoll AQSh va Xitoy Afg'oniston yuzasidan birga ishlay olganidan hayratda, chunonchi bu hamkorlik u qadar samarali emas.

Yana bir amerikalik tahlilchi Set Jouns fikrciha, hamkorlik faqat og'izda, aslida esa Xitoy o'z regional iqtisodiy maqsadlarini amalga oshirishda Vashingtonning har jihatdan uzoqroq bo'lishini istaiydi.

"Gumanitar yordam bobida hamkorlik qilishi mumkin xolos", - deydi Jouns.

“Real olib qaraganda. Afg'onistonda Amerika bo'shatgan joyga endi Xitoy kirish harakatida".

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG