O'zbekiston: Afg'oniston, Tolibon, Do'stum va AQSh

Your browser doesn’t support HTML5

O'zbekistonning Afg'oniston siyosati. Notinch bu o'lkadagi siyosiy taraflar bilan rishtalar. Tolibon bilan apoq-chapoqlikdan muddao. Marshal Abdul Rashid Do'stum bilan aloqa. Tashqi ishlar vazirligida Prezident Mirziyoyevning Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev bilan keng suhbat.
O'zbekistonning Afg'oniston siyosati ortida qanday maqsadlar yotibdi? Toshkent azaldan notinch bu o'lkadagi siyosiy taraflar bilan qanchalik yaqin? Jangari harakat bilan apoq-chapoqlikdan muddao nima? O'zbeklarga yordam oshib borar ekan, ularning eng tanilgan lideri, marshal Abdurashid Do'stum Mirziyoyev ma'muriyati suyangan tog'mi? Toshkentda Tashqi ishlar vazirligida Prezident Mirziyoyevning Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev bilan keng qamrovli suhbat.